Bobomurodov Dilshod Abduqahhorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD /Ped3963. 
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Ozod Tursunboy o‘g‘li - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Haydarov Kozimbek Abdulxakimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mazmuni ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda binar darslar (Tarix + Geografiya + ChBHT + Tarbiya) doirasida ijtimoiy-emotsional o‘qitish (SEL) texnologiyalarini milliy qahramonlik namunalari (Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, “Alpomish” kabi obrazlar) bilan o‘zaro muvofiq tarzda qo‘llash hamda kiberxavfsizlik asoslari, ma’lumotlarni muhofaza qilish va media savodxonlik ko‘nikmalari integrativ rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ijtimoiy mas’uliyat, emotsional barqarorlik va fidoiylik tuyg‘ularini boshlang‘ich (qoidalarni tushunsa-da, mustaqil qo‘llay olmaydi), bazaviy (qo‘llaydi, lekin yordamga muhtoj), qoniqarli (mustaqil, barqaror qo‘llaydi), yetakchi (qo‘llaydi va boshqalarni yo‘naltiradi) bosqichlari bo‘yicha darajalash asosida takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalari o‘smirlarning qahramonlikka intilish (masalan, Jaloliddin Manguberdining jasorati yoki «Alpomish» dostonidagi fidoiylik timsoli) hamda jamoaga tegishlilik (guruh ishlari, mahalla yoshlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar) kabi shaxsiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda liderlik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan milliy tarbiya usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini aniqlash mezonlari o‘smirlarda milliy g‘urur va vatanparvarlik, jamoaviy ishlash qobiliyati, harbiy-intizomga oid xulq, liderlik ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalari shakllanganligining milliy-ma’naviy tarbiyaga mos xabardorlik (bilimga ega, lekin amaliyotga to‘liq qo‘llay olmaydi), amaliyot (bilimlarni faoliyatda qo‘llaydi), barqarorlik (o‘z xulqi va tajribasida doimiy namoyon etadi), fidoiylik (boshqalarga namuna bo‘ladi va yetakchilik qiladi) darajalariga ajratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vositasida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning konseptual talablari asosida o‘smirlarning Vatanga sadoqatini shakllantiruvchi va namoyon bo‘lishini taqozo qiluvchi samaradorlik mezonlari o‘smirlarda milliy g‘urur va vatanparvarlik, jamoaviy ishlash qobiliyati, harbiy-intizomga oid xulq, liderlik ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalari shakllanganligining milliy-ma’naviy tarbiyaga mos xabardorlik, amaliyot, barqarorlik, fidoiylik darajalariga ajratish asosida takomillashtirilgan uslublaridan “O‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dasturi”dan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 11-oktyabrda berilgan 14/3013-son dalolatnomasi). Natijada, HChTO‘lari tomonidan o‘smirlarda vatanparvarlikning fuqarolik funksiyalari mazmun-mohiyatini chuqur anglash uchun zarur shart-sharoitlarni rivojlantirishga erishilgan va harbiylik kasbiga qiziqish oshgan;
o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mazmuni milliy qahramonlik namunalari bilan o‘zaro muvofiq tarzda qo‘llash hamda oilalarda ota-onalarning, o‘smirlarning media savodxonlik ko‘nikmalarini integrativ rivojlantirishning vatanparvarlik klasteri ishlab chiqilib, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallada yoshlar yetakchilarining o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan faoliyatini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv uslubiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi va ichki omillaridan olg‘a surilgan taklif, metodlar mahalla va umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamkorligida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi oshgan; 
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalari o‘smirlarning qahramonlikka intilish hamda jamoaga tegishlilik, kabi shaxsiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda milliy tarbiya usullarini qo‘llash metodikasi natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ALM-202403110247-sonli “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma’rifiy adabiyot va media mahsulotlar majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi (2024-2025) doirasida foydalanilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimida tadqiqotning xulosa va tavsiyalaridan foydalanish natijasida o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy omillari samaradorligini oshirishda, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, davlat xizmatchilari, mahalla faollari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari, harbiy chaqiriqqa tayyorlash o‘qituvchilarining o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 19-noyabrdagi 418-son dalolatnomasi);
o‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ijtimoiy mas’uliyat, emotsional barqarorlik va fidoiylik tuyg‘ularini boshlang‘ich, bazaviy, qoniqarli, yetakchi bosqichlari bo‘yicha darajalash asosida takomillashtirishning metodik mexanizmi yaratilib, ta’lim tashkilotlarida “O‘smirlarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dasturi” bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalardan foydalanilgan, shuningdek, harbiy vatanparvarlik tarbiyasining tadqiqotda ochib berilgan metodik mexanizmidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 04-37-2926-son dalolatnomasi). Natijada mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan qahramonlarning buyuk harbiy jasoratlarini yoshlarning ongiga singdirish, o‘smirlarning harbiy vatanparvarlik qadriyatlari va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik mexanizmidan amaliyotda foydalanish natijasida samaradorlik 58% ga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish