Anorboev Abdulla Abduhakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped5401
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Dosumxodjaev Farux Abdirazakovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, podpolkovnik
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarining harbiy o‘quv bo‘linmalarida “Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash metodikasidan foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi “Harbiy tayyorgarlik” fani doirasida o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan jasorat, mardlik, jomardlik va vatanparvarlik sifatlarini “stress holatda qaror qabul qilish” simulyasiyalari hamda kasbiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi amaliy-tarbiyaviy usullarni hayotiy vaziyatlarda namoyon etishga qaratilgan integratsiya asosida takomillashtirilgan;
“Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash modeli “Bir ustoz – bir kursant” mentorlik munosabatini tashkil qilish orqali ma’naviy-axloqiy qadriyatlar bilan kasbiy strategiyalarni kursantning shaxsiy maqsadlari va xizmat g‘oyalariga muvofiq shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalanganlik darajasini baholash indikatorlari stress vaziyatlarda o‘zini boshqarish, fan materialini o‘zlashtirish, milliy qahramonlar jasoratiga munosabat, yangicha usullar taklif qilish, odob-axloq qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini yuqori (bilim, ko‘nikma va sifatlar barqaror; kasbiy etuklik va shaxsiy mas’uliyat yuqori), o‘rta (bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay oladi, lekin mustahkamlanishga muhtoj; hissiy-irodaviy jihatdan barqaror), quyi (bilim va ko‘nikmalar etarli emas, mas’uliyat va intizom zaif, shaxsiy-kasbiy sifatlar etarlicha shakllanmagan) daraja ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari milliy-tarbiyaviy an’analar bilan xorijiy harbiy-pedagogik tajribalar uyg‘unligida Amir Temur jasorati va «Temur tuzuklari»da ifodalangan harbiy strategiyalarni «Harbiy tayyorgarlik» fani mazmuniga integrativ-modulli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi “Harbiy tayyorgarlik” fani doirasida o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan jasorat, mardlik, jomardlik va vatanparvarlik sifatlarini “stress holatda qaror qabul qilish” simulyasiyalari hamda kasbiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi amaliy-tarbiyaviy usullarni hayotiy vaziyatlarda namoyon etishga qaratilgan integratsiya asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Harbiy tayyorgarlik jarayonida harbiy xizmatchilarning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/2536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalashning mavjud holatini pedagogik tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
“Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qitishda bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash modeli “Bir ustoz – bir kursant” mentorlik munosabatini tashkil qilish orqali ma’naviy-axloqiy qadriyatlar bilan kasbiy strategiyalarni kursantning shaxsiy maqsadlari va xizmat g‘oyalariga muvofiq shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash” nomli monografiyaga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi Ilmiy kengashining 2024-yil 27-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi). Natijada, bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarda shaxsiy-kasbiy sifatlari tarbiyalash jarayonining pedagogik modelini takomillashtirish uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratilgan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalanganlik darajasini baholash indikatorlari stress vaziyatlarda o‘zini boshqarish, fan materialini o‘zlashtirish, milliy qahramonlar jasoratiga munosabat, yangicha usullar taklif qilish, odob-axloq qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini yuqori (bilim, ko‘nikma va sifatlar barqaror; kasbiy etuklik va shaxsiy mas’uliyat yuqori), o‘rta (bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay oladi, lekin mustahkamlanishga muhtoj; hissiy-irodaviy jihatdan barqaror), quyi (bilim va ko‘nikmalar etarli emas, mas’uliyat va intizom zaif, shaxsiy-kasbiy sifatlar etarlicha shakllanmagan) daraja ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar “Harbiy tayyorgarlik jarayonida harbiy xizmatchilarning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/2536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Vatanga xizmat qilish yo‘lini tanlagan yoshlarning harbiy vatanparvarligini rivojlantirish, kasbni tanlash, kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirish, kasbiy motivatsiyani shakllantirish, ijtimoiy muhit normalariga integratsiyalash, oliy ta’lim muassasalarining harbiy o‘quv bo‘linmalari talabalari xalqaro standartlar asosida tayyorlangan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari xorijiy harbiy-pedagogik tajribalar hamda milliy-tarbiyaviy an’analar bilan uyg‘un holda Amir Temur jasorati va “Temur tuzuklari”da ifodalangan harbiy strategiyalarni “Harbiy tayyorgarlik” fani mazmuniga kiritish orqali kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar “Harbiy tayyorgarlik jarayonida harbiy xizmatchilarning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/2536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash, tanqidiy fikrlash, kreativlikka va tezkor qarorlar qabul qilishga o‘rgatish orqali bilimlar o‘zlashtirilgan.