Hasanov Suhrob Shavkat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek ingliz nasrida intermatn hodisasi talqini (Isajon Sulton, Bahodir Qobul va Kadzuo Isiguro asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1671
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Uljon Davirovna Qarshibaeva, filologiya fanlari doktori, professor; Odilov Bahodir Baxtiyorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek va ingliz nasrida maʼno-mazmun yaratish usuli sifatida intermatnlikning o‘ziga xosligini, madaniy xotirani saqlash va uzatishdagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Isiguro Kadzuo, Isajon Sulton va Bahodir Qobul nasrida subektiv xotiraning asar markaziga olib chiqilishi, ilmiy-fantastika va psixologik roman unsurlarining uyg‘unlashuvi, janrlarning sinkretik xususiyat kasb etishi va noan’anaviy sujet qisqa parchalardan iborat voqelik hamda o‘sha voqelikning ramziy tafakkur orqali ifodalanishiga ko‘ra, postmodern adabiyotiga xos “intellektual o‘yin” va transmatn yaratishning intermatn, paramatn, metamatn, arximatn, gipermatn kabi unsurlaridan unumli foydalanganligi asoslangan;
xoronimlar, gidronimlar, astionimlar, oronimlar, oykonimlar, urbonimlar kabi presedentli toponimlardan yaratilgan intermatnlik madaniy xotirani uyg‘otishi, intertekstual ko‘prik yaratishi, ramziy va esxatologik qatlam hosil qilishi sababli “Bog‘dagul”, “Ota chiroq”, “Bog‘i eram”, “Boqiy darbadar”, “Halovat topmaganlar”, “Dafn etilgan bahaybat” asarlarida xotira, xayol, tush singari ong oqimi turlarining dinamik suratini taminlashi, zamonga oid o‘tmish, hozir va kelajak nuqtalarini bog‘lashi aniqlangan;
Isiguro Kadzuo xotira, unutish va ruhiy iztiroblar konfliktini ochishda, Isajon Sulton falsafiy, metafizik va meta hikoyalarni ifodalashda, Bahodir Qobul ijtimoiy-tarixiy mavzular va jamiyatdagi konfliktlar talqin etishida to‘rt unsur: suv, havo, olov va tuproq poetikasidan unumli foydalanganliklari dalillangan;
intermatnlik madaniy-tarixiy davrlarga mansub “Mantiq ut tayr”, “Hamsa”, “Don Kixot”, “Iveyn yoki sherdor Risar” kabi presedentli matnlar, universal arxetiplar, safar va sinov motivlari, qahramon tipologiyasi, madaniyatlararo umumiy qadriyatlarni ifodalashiga ko‘ra matnlar o‘zaro aloqasining shakli, madaniy xotirani saqlash va iqtibos, o‘zlashma nutq, havola, referensiya, allyuziya yordamida qayta yaratish usuli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matn hozirgi o‘zbek va ingliz nasrida intermatn hodisasi talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Isiguro Kadzuo, Isajon Sulton va Bahodir Qobul nasrida subektiv xotiraning asar markaziga olib chiqilishi, ilmiy-fantastika va psixologik roman unsurlarining uyg‘unlashuvi, janrlarning sinkretik xususiyat kasb etishi va noan’anaviy sujet qisqa parchalardan iborat voqelik hamda o‘sha voqelikning ramziy tafakkur orqali ifodalanishiga ko‘ra, postmodern adabiyotiga xos “intellektual o‘yin” va transmatn yaratishning intermatn, paramatn, metamatn, arximatn, gipermatn kabi unsurlaridan unumli foydalanganligi xususidagi xulosalardan 2022-2024-yillarda Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025 yilning 2-maydagi 06/2883-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida bugungi o‘zbek va ingliz nasrida transmatn yaratishning usullari va muallif individual uslubi shakllanishida intermatnlilikning ahamiyati haqida ma’lumotlar to‘ldirildi.
xoronimlar, gidronimlar, astionimlar, oronimlar, oykonimlar, urbonimlar kabi presedentli toponimlardan yaratilgan intermatnlik madaniy xotirani uyg‘otishi, intertekstual ko‘prik yaratishi, ramziy va esxatologik qatlam hosil qilishi sababli “Bog‘dagul”, “Ota chiroq”, “Bog‘i eram”, “Boqiy darbadar”, “Halovat topmaganlar”, “Dafn etilgan bahaybat” asarlarida xotira, xayol, tush singari ong oqimi turlarining dinamik suratini taminlashi, zamonga oid o‘tmish, hozir va kelajak nuqtalarini bog‘lashi aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025 yilning 22-aprelidagi № 01-03|186-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi o‘zbek va ingliz nasrida intermatn sifatida ishtirok etayotgan toponimlarning muayyan xalq yoki millat tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni, jug‘rofiy va badiiy vazifalariga aniqliklar kiritildi.
Isiguro Kadzuo xotira, unutish va ruhiy iztiroblar konfliktini ochishda, Isajon Sulton falsafiy, metafizik va meta hikoyalarni ifodalashda, Bahodir Qobul ijtimoiy-tarixiy mavzular va jamiyatdagi konfliktlar talqin etishida to‘rt unsur: suv, havo, olov va tuproq poetikasidan unumli foydalanganliklariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Xoliqov rahbarligida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan 201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 29-aprelidagi № 01/4 – 1744 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, davrning qadriyatlar tizimini, uning tarixiy-madaniy kontekstini va adabiy anʼanalarini aks ettirishda, madaniy xotirani saqlash va keyingi avlodlarga uzatishda, asarlarning badiiy olamida mujassamlashgan muallif ongining o‘ziga xosligi va betakrorligini ochib berishda to‘rt unsurdan foydalanishning ahamiyati belgilandi.
intermatnlik madaniy-tarixiy davrlarga mansub “Mantiq ut tayr”, “Hamsa”, “Don Kixot”, “Iveyn yoki sherdor Risar” kabi presedentli matnlar, universal arxetiplar, safar va sinov motivlari, qahramon tipologiyasi, madaniyatlararo umumiy qadriyatlarni ifodalashiga ko‘ra matnlar o‘zaro aloqasining shakli, madaniy xotirani saqlash va iqtibos, o‘zlashma nutq, havola, referensiya, allyuziya yordamida qayta yaratish usuli ekanligiga doir xulosalardan “Samarqand” telekanalida 2025-yil 3-may kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat teleradiokompaniyasining 2025 yilning 8-maydagi 01-07/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, Isiguro Kadzuo va Isajon Sulton, Bahodir Qobul ijodida presedentlik hodisasi intermatnlikning turlaridan biri sifatida muayyan etnosning, ham alohida shaxsning madaniy qadriyatlari tizimini namoyon qilishi, matnlararo o‘zaro aloqalarni aniqlashda tarixiy-madaniy tahlil usullarining imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.