Mamadalieva Nilufar Bahodirovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
“Tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6124
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni sifatida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish zaruratining nazariy-metodik asoslari tizimlashtirilib, didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
yangi o‘quv materialini bayon qilish jarayonida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitishning maqsadlari va o‘qitish usullari ilmiy-nazariy asosda aniqlashtirilib, ularning bosqichma-bosqich qo‘llanishi orqali og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatining rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik yondashuvlar takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf darslarida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish asosida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik model konseptual asosda ishlab chiqilgan va mazmuni hamda tarkibiy tuzilishi ochib berilgan;
tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishga doir didaktik asoslar ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali o‘quvchilarining og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni sifatida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish zaruratining nazariy-metodik asoslari tizimlashtirilib, didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “Yangi kuch ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 12-dekabrdagi 10/212-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf darsliklaridagi tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutq va fikrlash faoliyati takomillashtirilgan;
yangi o‘quv materialini bayon qilish jarayonida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitishning maqsadlari va o‘qitish usullari ilmiy-nazariy asosda aniqlashtirilib, ularning bosqichma-bosqich qo‘llanishi orqali og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatining rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik yondashuvlar takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq va fikrlash faoliyatini rivojlantirish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 438-035 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tayanch tushunchalarni rejalashtirilgan tarzda o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqi va fikrlash salohiyatini rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatgan;
 boshlang‘ich sinf darslarida tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish asosida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik model konseptual asosda ishlab chiqilgan va mazmuni hamda tarkibiy tuzilishi ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalaridan  “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetida 2017-2019-yillarda bajarilgan OT-F-1-17 raqamli ilmiy-tadqiqot loyihasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qitish samaradorligi o‘sishiga xizmat qilgan;
tayanch tushunchalarni loyihalab o‘qitish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va fikrlash faoliyatini rivojlantirishga doir didaktik asoslar ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan “Elementar mantiqiy tasavvurlarni shakllantirish metodikasi”  nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 438-035 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda tayanch tushunchalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning nutqiy va tafakkur faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish