Ustemirov Shoxrux Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlari suv balansini gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish (Qorasuv suv ombori misolida)” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5806
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumaboevich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori;
Gapparov Furqat Axmatovich – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: suv omborlarining suv balansidagi sizot va er osti suvlari komponentlarini gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qorasuv suv ombori misolida, ochiq suv havzalarining suv balansidagi asosiy komponent hisoblangan turli genezisga ega er osti suv qatlamlaridagi sizot hamda er osti suvlari ulushini aniqlashning gidrodinamik va gidrokimyoviy usullari takomillashtirilgan;
Bussinesk – Farxgeymer tenglamalari hamda Girinskiy funksiyasi asosida suv omboriga kelib qo‘shiladigan beqaror fil`tratsiya oqimining uch o‘lchovli fazoviy gidravlik modeli takomillashtirilgan;
vertikal ko‘p qatlamli, kvazi bir jinsli gidrogeologik plast bo‘yicha suv o‘tkazish qatlamining kvazi chiziqli hamda kvazi bir jinsli holi uchun Qorasuv suv omboriga kelib qo‘shiladigan naporli va naporsiz fil`tratsiya oqimlarini gidravlik hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
Er osti suv qatlami bir jinsli hamda plast vertikal bo‘yich geterogen degan faraz asosida Qorasuv suv omboriga kelib qo‘shiladigan naporli va naporsiz fil`tratsiya oqimlarini kvazichiziqli gidravlik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari suv balansini gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv omborlarining suv balansidagi sizot va er osti suvlari komponentlarini gidravlik hisoblash usuli Zarafshon ITHB faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 iyuldagi 04/19-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlarining suv balansidagi asosiy komponent hisoblangan sizot va er osti suvlari ulushini baholash imkonini bergan;
suv omboriga kelib qo‘shiladigan beqaror fil`tratsiya oqimining uch o‘lchovli fazoviy gidravlik modeli Zarafshon ITHB faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 iyuldagi 04/19-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborining suv balansi rejimini monitoring qilish tizimi takomillashtirilgan;
Qorasuv suv omboriga kelib qo‘shiladigan naporli va naporsiz fil`tratsiya oqimlarini kvazichiziqli gidravlik modeli hisoblash usuli Mirzapoy ITB faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 iyuldagi 04/19-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omboridan foydalanish samaradorligi oshib, vegetatsiya davrida 5-7 foiz suv resurslarini tejash imkoniyati yaratilgan.