Fayzullaeva Dilnoza Ubaydulloevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili  o‘qituvchilarining o‘quv jarayonida aqlli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini  rivojlantirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped4907
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Buranova Madina Uktamovna, pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent,  Utaeva Iroda Baxodirovna, pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining  o‘quv jarayonida aqlli (smart) texnologiyalardan foydalanishga ko‘nikmasini  rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mutaxassislik fani bo‘yicha kasbiy va ijodiy bilimlarini oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishda aqlli (smart) texnologiyalardan foydalanish samaradorligi nazariy va metodik jihatdan asoslab berilgan;
aqlli (smart) texnologiyalar asosida tashkil etilgan onlayn kurslar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ nutq madaniyatini rivojlantirish, jumladan, og‘zaki va yozma nutqda sohaviy atamalarni samarali qo‘llash, ixtisoslikka oid matnlarni tuzish, tahrir qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati  asoslangan;
aqlli (smart) texnologiyalar asosida sohaga oid kompetensiyalarni baholash mezonlarini aniqlash orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida fanga oid  pedagogik va texnologik kompetensiyalarni  rivojlantirish modeli dalillangan;
aqlli (smart) texnologiyalar yordamida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining fanga oid  lingvistik, madaniyatlararo, kommunikativ va kasbiy  kompetensiyalarni rivojlantirish  shakllari, vositalari va ulardan foydalanish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mutaxassislik fani bo‘yicha kasbiy va ijodiy bilimlarini oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishda aqlli (smart) texnologiyalardan foydalanish samaradorligi nazariy va metodik jihatdan asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalandi (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 9-iyuldagi, 04/3159 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirishga erishildi;
aqlli (smart) texnologiyalar asosida tashkil etilgan onlayn kurslar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ nutq madaniyatini rivojlantirish, jumladan, og‘zaki va yozma nutqda sohaviy atamalarni samarali qo‘llash, ixtisoslikka oid matnlarni tuzish, tahrir qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati  asoslanganligi yuzasidan olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha  Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship” xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalandi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 13-iyundagi, 1229/02 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, loyiha doirasida onlayn kurslar tashkil qilishga xizmat qildi;
aqlli (smart) texnologiyalar asosida sohaga oid kompetensiyalarni baholash mezonlarini aniqlash orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda fanga oid  pedagogik va texnologik kompetensiyalarni  rivojlantirish modeli dalillanganligi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalangan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyuldagi, № 01/4-3017 raqamli ma’lumotnomasi ). Natijada, ilmiy ish xulosalari loyiha doirasida dasturiy vosita yaratishga xizmat qildi;
aqlli (smart) texnologiyalar yordamida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining fanga oid  lingvistik, madaniyatlararo, kommunikativ va kasbiy  kompetensiyalarni rivojlantirish  shakllari, vositalari va ulardan foydalanish usullari takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutidagi Evropa Ittifoqining “Erasmus+ 58545- EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP" CLASS: Computational linguistics at Central Asian universities” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalangan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 17-iyuldagi 2101/02 raqamli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini shakllantirish va ta’lim jarayonini tashkil etishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish