Kultashev Baxrom Telmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1950-yillar ikkinchi yarmi – 1960-yillar O‘zbekiston rangtasviridagi asosiy tendensiyalar”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/San209.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nigora Raximovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, O‘zBA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01. 
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abdurahimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Raximova Zuxra Ibragimovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1950-yillar ikkinchi yarmi – 1960-yillar  O‘zbekiston rangtasviridagi asosiy tendensiyalarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rangtasvirning janrli va obrazli transformasiyalari natijasida mahobatli ekspressiya, ifoda usulining konstruktiv aniqligi dastgohli kartinalarga xos xususiyatga aylangani, portret, manzara, natyurmort kabi janrlarda  tasviriy-plastik ijodning falsafiy-g‘oyaviy va badiiy boyishi, chuqurlashuvi va yangilanishi tendensiyalari yuzaga kelgani asoslangan;
realizm yo‘nalishi rassomlari Ch.Axmarov, A.Abdullaev, R.Axmedov, R.Choriev, V.Burmakin, G.Ulko va boshqalarning xalq obrazi tipologiyasi va uning milliy xususiyatlarini yangilashdagi obrazli va uslubiy kashfiyotlari madaniy meros va G‘arb postimpressionizmining tasviriy-plastik an’analariga tayanib, sovet san’atining avvalgi sxematik va me’yoriy stereotiplari doirasidan chiqish imkonini berganligi dalillangan;
“iliqlik” davrida avlodlar o‘rtasida ijodiy muloqot sodir bo‘lgani, ularning badiiy tafakkur deferensiyasi, “an’ana va novatorlik”ning turlicha talqini sodir bo‘lgani, jumladan, katta avlod vakillari shakllar ifodaviyligi va dekorativligi foydasiga sotsrealizm tamoyillaridan ozod bo‘lishiga intilgani, yosh rassomlar esa san’at asarining mavzudan holi qiymatini tiklash, badiiy ifodaviylikda postimpressionism va modernism tajribalari ustida izlanish olib borgani asoslangan;
jahon rangtasviridagi zamonaviy tendensiyalarni anglash natijasida rangtasvirda kartinaning qiymati uning mavzusi emas, balki shakliga bog‘liqligi bilan belgilanishi, kompozisiyaning asosiy elementlari rang, chiziq va tekisturaning o‘zaro uyg‘unligi masalasining birlamchi qo‘yilishi, rassomlar ijodida 1920-1930-yillardagi tasviriy-plastik tajribalarga qaytish, xalq badiiy merosiga murojaat, milliy o‘ziga xoslik yo‘lidagi izlanishlar, G‘arb zamonaviy san’ati oqimlarini o‘zlashtirish kabi asosiy badiiy tendensiyalar 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar O‘zbekiston rangtasvirida uslubiy rang-baranglik va ko‘p darajali badiiy tuzilmani hosil qilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1950-yillar ikkinchi yarmi – 1960-yillar O‘zbekiston rangtasviridagi asosiy tendensiyalarni tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
 rangtasvirning janrli va obrazli transformasiyaslari natijasida mahobatli ekspressiya, ifofa usulining konstruktiv aniqligi dastgohli kartinalarga xos xususiyatga aylangani, portret, manzara, natuyrmort kabi janrlarda tasviriy-plastik ijodning falsafiy-g‘oyaviy va badiiy boyishi, chuqurlashuvi va yangilanishi tendensiyalariga oid va “iliqlik” davrida avlodlar o‘rtasida ijodiy muloqot sodir bo‘lgani, ularning badiiy tafakkur deferensiyasi, “an’ana va novatorlik”ning turlicha talqini sodir bo‘lgani, jumladan, katta avlod vakillari shakllar ifodaviyligi va dekorativligi foydasiga sotsrealizm tamoyillaridan ozod bo‘lishiga intilgani, yosh rassomlar esa san’at asarining mavzudan holi qiymatini tiklash, badiiy ifodaviylikda postimpressionism va modernism tajribalari ustida izlanish olib borgani haqidagi ma’lumotlar “Tasviriy va amaliy san’at tarixi” mutaxassislik fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-may 237-sonli buyrug‘i). Natijada XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston rangtasviridagi badiiy jarayonlar yangilangan ilmiy nazariya va manbalar orqali yoritilgan;
realizm yo‘nalishi rassomlari Ch.Axmarov, A.Abdullaev, R.Axmedov, R.Choriev, V.Burmakin, G.Ulko va boshqalarning xalq obrazi tipologiyasi va uning milliy xususiyatlarini yangilashdagi obrazli va uslubiy kashviyotlari madaniy meros va G‘arb postimpressionizmining tasviriy-plastik an’analariga tayanib, sovet san’atining avvalgi sxematik va me’yoriy stereotiplari doirasidan chiqish imkonini berganligi dalillangan ma’lumotlardan M.Nabiev, R.Axmedov, R.Choriev kabi rassomlarning yubileyiga bag‘ishlangan konferensiyalarida foydalanilgan, jahon rangtasviridagi zamonaviy tendensiyalarni anglash natijasida rangtasvirda kartinaning qiymati uning mavzusi emas, balki shakliga bog‘liqligi bilan belgilanishi, kompozisiyaning asosiy elementlari rang, chiziq va tekisturaning o‘zaro uyg‘unligi masalasining birlamchi qo‘yilishi, rassomlar ijodida 1920-1930-yillardagi tasviriy-plastik tajribalarga qaytish, xalq badiiy merosiga murojaat, milliy o‘ziga xoslik yo‘lidagi izlanishlar, G‘arb zamonaviy san’ati oqimlarini o‘zlashtirish kabi asosiy badiiy tendensiyalar retrospektiv, yubiley va mavzuli ko‘rgazmalarda aks etgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 8-maydagi PP20772324-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1950-yillar ikkinchi yarmi – 1960-yillardagi badiiy jarayon rekonstruksiyasi va G‘arb modernizmi tamoyillarining ijodiy izlanishlar ta’siri omillari aniqlangan va 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar O‘zbekiston rangtasvirida uslubiy rang-baranglik va ko‘p darajali badiiy tuzilmani hosil qilgani  haqidagi dalillangan ma’lumotlar ko‘rgazmalar konsepsiyasiga kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish