Bekbergenov Hikmet Utepovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning morfologik va semantik xususiyatlari», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3469.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytjanov Jetkerbay Elubaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abidova Roxatoy Xudaybergenovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq va ingliz tillaridagi ot so‘z turkumiga xos son va kelishik kategoriyalarining morfologik va semantik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning son va kelishik kategoriyalarining morfologik tuzilishi, affikslarining otlarga birikishi, fonetik variantlari va o‘qilishi hamda otlarga qo‘shilishida allomorfik jihatlarining ustunligi ochib berilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning ko‘plik son ko‘rsatkichlarining ma’nolari otning semantik guruhlari bo‘lgan atoqli, turdosh, moddiy, abstrakt va jamlovchi otlarga nisbatan tahlil qilinib, bu ma’nolarning universal jihatlarining ustunligi autentik materiallardan olingan misollar asosida isbotlangan;
qoraqalpoq tilidagi otning ko‘plik son shaklining assotsiativ ko‘plik ma’no ottenkasi ingliz tilida ko‘plik son morfemasi orqali emas, balki sintaktik usulda ifodalanishi aniqlangan;
qoraqalpoq tilidagi “ielik” va ingliz tilidagi “genitive” kelishiklarining ma’nolarida o‘xshashliklar bilan birga farqlar ham mavjudligi, qoraqalpoq tilidagi “barıs”, “shıǵıs” va “orın” kelishiklarining ma’nolari esa ingliz tilida asosan predloglar orqali ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning morfologik va semantik xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning son va kelishik kategoriyalarining morfologik tuzilishi, affikslarining otlarga birikishi, fonetik variantlari va o‘qilishi hamda otlarga qo‘shilishida allomorflik jihatlarining ustunligiga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi; T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihalarni bajarishda foydalanilgan        (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 7-fevraldagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning son va kelishik kategoriyalarining ifoda va mazmun jihatidan o‘ziga xosliklari to‘g‘ri o‘zlashtirilishiga erishilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning ko‘plik son ko‘rsatkichlarining ma’nolari otning semantik guruhlari bo‘lgan atoqli, turdosh, moddiy, abstrakt va jamlovchi otlarga nisbatan tahlil qilinib, bu ma’nolarning universal jihatlarining ustunligi autentik materiallardan olingan misollar asosida isbotlanishiga oid xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan P3-20170930309 raqamli “Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojlanishiga ta’siri masalasi” nomli amaliy tadqiqot dasturida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 19-fevraldagi      01-21-02/401-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning son kategoriyasining morfologik va semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlari samarali o‘rganilishiga xizmat qilgan;
qoraqalpoq tilidagi otning ko‘plik son shakllarining assotsiativ ko‘plik ma’no ottenkasi ingliz tilida ko‘plik son morfemasi orqali emas, balki sintaktik usulda ifodalanishiga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Tilge itibar – elge itibar”, “Kúsh bilimde”, “Assalawma áleykum Qaraqalpaqstan” dasturlaridagi eshittirishlarni tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi telekanali davlat muassasasining 2025-yil 25-fevraldagi                  05-22/112-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirish matnlarini tahrirlashdagi ba’zi lingvistik muammolarni hal etishga xizmat qilgan;    
 qoraqalpoq tilidagi “ielik” va ingliz tilidagi “genitive” kelishiklarining ma’nolarida o‘xshashliklar bilan birga farqlar ham mavjudligi, qoraqalpoq tilidagi “barıs”, “shıǵıs” va “orın” kelishiklarining ma’nolari esa ingliz tilida asosan predloglar orqali ifodalanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-fevraldagi 65/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq va ingliz tillaridagi otning kelishik kategoriyalarining morfologik va semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlari chuqur o‘rganilishiga xizmat qilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish