Xuramov Ilxom Panjievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida professional ta’limda ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish mexanizmi ”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4431
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qodirov Qutlug‘bek Bekmuradovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Mirzaev Mutalib Jo‘raevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: professional ta’lim tizimida innovatsion yondashuv asosida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
professional ta’limda ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishga yo‘naltirilgan vertikal va gorizantal integratsiyalashuvni senzitiv ta’sirining quyi va yuqori darajasi talabalarning o‘quv-amaliy faoliyati orqali aniqlashtirilgan;
kasb-hunar maktablari, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirishni tashkiliy-ijrochilik, refleksiv-umumlashtiruvchi bosqichlari o‘quv va tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsion yo‘nalganlikning fanlararo integralligini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbga tayyorlashda kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va tahdidlarni tahlil qilish omillari orqali jamoaviy hamkorlikda faoliyat yuritishning bilish, fikrlash, tushunish, anglash kabi imkoniyatlariga muvofiq optimallashtirilgan;
professional ta’lim yo‘nalishlarida ijtimoiy hamkorlikni amaliyotga yo‘naltiruvchi o‘quv faoliyatida talabalarning kasbiy kompetensiyasini real ishlab chiqarish sharoitida aqliy tafakkuri, fikr yuritish salohiyati kabi kasbiy qobiliyatlarini sinergetik moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Innovatsion yondashuv asosida professional ta’limda ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish mexanizimini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’limda ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishga yo‘naltirilgan vertikal va gorizantal integratsiyalashuvni senzitiv ta’sirining quyi va yuqori darajasi talabalarning o‘quv- amaliy faoliyati orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Najot bilimda” “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 05-09-1423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonining ijtimoiy hamkorlikka oid ko‘nikmalarini takomillashuvi ta’minlangan;
kasb-hunar maktablari, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirishni tashkiliy-ijrochilik, refleksiv-umumlashtiruvchi bosqichlari o‘quv va tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsion yo‘nalganlikning fanlararo integralligini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “60112400-Professional ta’lim” yo‘nalishlari malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tatqiqotlari markazining 2025-yil 16-apreldagi 02/01-01-134 -son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash tizimining takomillashuviga erishilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbga tayyorlashda kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va tahdidlarni tahlil qilish omillari orqali jamoaviy hamkorlikda faoliyat yuritishning bilish, fikrlash, tushunish, anglash kabi imkoniyatlariga muvofiq optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2022-2025 yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-EPPKA2-CBHE-SR raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyiha bajarilishida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 13-sentyabrdagi №02/12-3417 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarini innovatsion yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning kognitiv-funksional modeli takomillashtirilgan;
professional ta’lim yo‘nalishlarida ijtimoiy hamkorlikni amaliyotga yo‘naltiruvchi o‘quv faoliyatida talabalarning kasbiy kompetensiyasini real ishlab chiqarish sharoitida aqliy tafakkuri, fikr yuritish salohiyati kabi kasbiy qobiliyatlarini sinergetik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Inno” (2024-2025) biznes inkubator va akseleraktor dasturida innovatsion amaliy loyihalarni shuningdek startap loyihalarda iqtidorli yoshlarni o‘qitish uchun amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi innovatsion rivojlantirish agentligi huzuridagi Termiz yoshlar texnoparki davlat muassasasining 2025 - yil 12 - maydagi № 31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 60112400 - Professional ta’lim yo‘nalishlari talabalarida “Kasb ta’lim metodikasi” fani orqali optimallashtirish hamda mashg‘ulotlarda muammoli ta’lim (Problem-Based Learning), Mind Map - intellektual xarita metodi, Loyiha asosida ta’lim (Project-based learning), SWOT tahlil metodi, Reflektiv kundalik yuritish metodi kabi texnologiyalari ishlab chiqilgan va effektiv jihatdan samarali qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.