Samadi Nooria
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Maqollar asosida ingliz tili o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (Afg‘oniston dariy tilli maktablar misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped 2743
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi
PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Shokir Abduhalimovich, pedagogika fanlari doktori
(DSc), dotsent; Shirnazarova Zamira Allaberdievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maqollar asosida ingliz tili o‘qitishning Afg‘oniston dariy tilli
maktablar misolida o‘rganish hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dariy tilli o‘quvchilarning kontekstual idrokini rivojlantirish mazmuni ta’limni inferative hamda figurativ tashkil etish o‘quvchilarning lingvoreflektivligini oshirish, ularni faoliyatga yo‘naltirish, maqollarni reseptiv va produktiv nutqda ravon qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
dariy tilli o‘quvchilarning ingliz tili nutqiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish modeli tarkibiy qismlar mazmuniga til o‘rganish jarayonining shaklan uyg‘unligini ta’minlovchi didaktik, lingvistik, ekstralingvistik, fonetik, grammatik, lingvodidaktik vositasida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
maqollar asosida ingliz tilini o‘qitish texnologiyasi dariy tilli o‘quvchilarda madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish, fikr ifodasini boyitish va pragmatik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim tamoyillariga mos ravishda o‘yinli, muammoli va ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
dariy tilli maktablarida maqollar vositasida ingliz tili fanini o‘qitishning didaktik ta’minoti o‘yinli texnologiyalari, “Jigsaw” metodi, ko‘rgazmalilik, individual va kommunikativ yondashuv ta’sirini hamda “Bridging reading through proverbs” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Maqollar asosida ingliz tilini o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (Afg‘oniston dariy tilli maktablar misolida) yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy va amaliy ilmiy natijalar asosida:
dariy tilli o‘quvchilarning kontekstual idrokini rivojlantirish mazmuni ta’limni inferative hamda figurativ tashkil etish o‘quvchilarning lingvoreflektivligini oshirish, ularni faoliyatga yo‘naltirish, maqollarni reseptiv va produktiv nutqda ravon qo‘llash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Bridging reading through proverbs” nomli o‘quv qo‘llanma (Termiz davlat universitetining rektorining 2023-yil 23-dekabrdagi 509-PO sonli nashr guvohnomasi) ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan. Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasi filolog (5111400-Xorijiy til va adabiyoti) yo‘nalishi talabalariga ingliz tili o‘qitish jarayonida maqollardan foydalanish orqali madaniyatlararo muloqotni takomillashtirish, ma’naviy axloqni shakllantirish, maqollarni ingliz tilining amaliy darslariga integratsiya qilishda ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
dariy tilli o‘quvchilarning ingliz tili nutqiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish modeli tarkibiy qismlar mazmuniga til o‘rganish jarayonining shaklan uyg‘unligini ta’minlovchi didaktik, lingvistik, ekstralingvistik, fonetik, grammatik, lingvodidaktik vositasida integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 4-apreldagi 884/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ingliz tilida matnlardan foydalanishda maqollarning semantik maydoni o‘rganildi hamda maqollarning ingliz tilida so‘zlashuv qobiliyatiga ta’sir qiluvchi yondashuvlarini takomillashtirish imkonini bergan;
maqollar asosida ingliz tilini o‘qitish texnologiyasi dariy tilli o‘quvchilarda madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish, fikr ifodasini boyitish va pragmatik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim tamoyillariga mos ravishda o‘yinli, muammoli va ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv jarayoniga joriy etilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining 2023-yil 3-martdagi 05-10/35-son ma’lumotnomasi). Natijada, Afg‘oniston dariy tilli o‘quvchilarning ingliz tilidagi so‘zlashuv madaniyatini rivojlantirishga samara beruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish mexanizmini takomillashtirish imkonini berdi.
dariy tilli maktablarida maqollar vositasida ingliz tili fanini o‘qitishning didaktik ta’minoti o‘yinli texnologiyalari, “Jigsaw” metodi, ko‘rgazmalilik, individual va kommunikativ yondashuv ta’sirini hamda “Bridging reading through proverbs” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 4-dekabrdagi 04-36-1828-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy izlanuvchilarga, magistrlarga, talabalarga hamda o‘quvchilarga maqollar asosida ingliz tili o‘qitishning interfaol ta’lim texnologiyalaridan qo‘llash haqida foydali ma’lumotlar olish imkonini bergan.