Rustamov Akbar Askarovichning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maxsus mashqlar orqali harakat faolligini oshirish uslubiyatini takomillashtirish” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8889
Ilmiy rahbar: Saidov Izzatillo Istamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Inoyatov Abdullo Shodievich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Haydarov Baxtiyor Tojievich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni tizimli qo‘llash orqali ularning harakat faolligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat tayyorgarligini takomillashtiruvchi maxsus vositalar (bayroqlar, gimnastika tayoqchasida burilishlar, kubiklarni ko‘tarish, halqa va to‘plar) orqali harakat ko‘nikmalarini, bajarish vaqti (davomiyligini asta-sekin oshirish) hamda harakatlarni takrorlash sonini ko‘paytirish hisobiga harakat faolligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
- 5-6 yoshdagi bolalarning jismoniy harakatini tiklash hamda harakatlanish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida, yosh xususiyatlari inobatga olingan holda murakkab va o‘zgaruvchan vaziyatlarda tana mushaklarini cho‘zish (statik, dinamik) va nafas olish mashqlaridan iborat maxsus tiklovchi (chuquroq va sekin, qorin, nafasni ushlab turish, ritmli nafas olish) mashqlarni har bir mashg‘ulotga tizimli kiritish hisobiga harakatlarga tezkor moslashish imkoniyatlari oshirilgan;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining harakatlarni muvofiqlashtirish va maxsus harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda murakkab o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashishga qaratilgan (maxsus to‘plar, reaktiv yugurish, turli yuzali yugurish (qum, trava, beton) elementlari, murakkab koordinatsion harakat kabi) maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni integral qo‘llash hisobiga koordinatsion qobiliyatlari rivojlantirilgan;
- 5-6 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulorlarida maktabgacha yoshdagi bolalar harakat faolligini maxsus mashqlar vositasida oshirish moduli tarkibiga motivatsion, produktiv va reproduktiv darajadagi baholash komponentlarni kiritish hisobiga bolalarning kompetensiyaviy yondashuv va ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati oshiriladi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni harkat faolligini oshirishda maxsus mashqlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida: 
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat tayyorgarligini takomillashtiruvchi maxsus vositalar (bayroqlar, gimnastika tayoqchasida burilishlar, kubiklarni ko‘tarish, halqa va to‘plar) orqali harakat ko‘nikmalarini, bajarish vaqti (davomiyligini asta-sekin oshirish) hamda harakatlarni takrorlash sonini ko‘paytirib qo‘llash bo‘yicha takliflar “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-557-raqamli guvohnomasi). Natijada 5-6 yoshli bolalarda harakat faolligi ko‘rsatkichlari 9-10% ga rivojlanganligi kuzatilgan;
- 5-6 yoshdagi bolalarning jismoniy harakatini tiklash hamda harakatlanish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida, yosh xususiyatlari inobatga olingan holda murakkab va o‘zgaruvchan vaziyatlarda tana mushaklarini cho‘zish (statik, dinamik) va nafas olish mashqlaridan iborat maxsus tiklovchi (chuquroq va sekin, qorin, nafasni ushlab turish, ritmli nafas olish) mashqlarni har bir mashg‘ulotga tizimli kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 03-33-510-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg‘ulot samaradorligi 8-9% ga oshgan;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining harakatlarini muvofiqlashtirish va maxsus harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda murakkab va o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashishiga qaratilgan (maxsus to‘plar, reaktiv yugurish, turli yuzali yugurish (qum, trava, beton) elementlari, murakkab koordinatsion harakat kabi) maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar majmuasi “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-293-raqamli guvohnomasi). Natijada 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligi 12-13%ga yaxshilanishiga erishilgan.
- 5-6 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar harakat faolligini maxsus mashqlar vositasida oshirish moduli tarkibiga motivatsion, produktiv va reproduktiv darajadagi baholash komponentlarni kiritish boʻyicha takliflar (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 03-33-510-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bo‘yicha bolalarning harakat faolligini oshirish 10-11%ga takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish