Qoraboev Fazliddin Faxriddinovichning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa 
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Og‘ir atletikachilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9630
Ilmiy rahbar: Sattorov Anvar Ergashovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Tajiboev Soyib Samijanovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Arziqulov Muqum O‘ralovich
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashq bosqichidagi og‘ir atletikachilarning mashg‘ulot jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalarni to‘g‘ri qo‘llashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Og‘ir atletikachilarning sport natijalariga muhim darajada ta’sir qiluvchi tayyorgarlik vosita (simulyasiya: sun’iy holatlarda mashq qilish, qiyinlashtirilgan sharoitlarda texnik mashqlar: chalqancha planka, teskari vertikal holatda qo‘llarni bukib yozish, ko‘rgazmali o‘rgatish: video tahlil, 3D modellar, virtual real holatlar)lari hamda metod (maksimal harakat, dinamik harakat, takroriy harakat, to‘lqinli davriylashtirish, chiziqli davriylashtirish) larni qo‘llash hisobiga umumiy harakat sifatlarini, zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
O‘quv-mashq bosqichidagi og‘ir atletikachilarning to‘rt yillik reja soatlari nisbatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)-108/116/148/156 soat, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)-220/262/318/332 soat, texnik-taktik tayyorgarlik (TTT)-250/296/398/332 soat, nazariy tayyorgarlik (NT)-14/18/22/24 soat, psixologik tayyorgarlik (PT)-12/10/16/18 soat, nazorat sinov mashg‘ulotlari (NSM) -6/6/8/12 soat, Yo‘riqchi va hakamlik amaliyoti (YHA)-8/8/8/12 soat, Tiklanish tadbirlari (TT)-6/12/18/24 soatga o‘zgartirish va har bir tayyorgarlik turlari uchun mashg‘ulotdagi amaliy vazifalarini takomillashtirish hisobiga sport ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan; 
Haftalik mashg‘ulotlarning dasturiga tezkor tiklanuvchi (elliptik trenajyorlardan foydalanish, cho‘zilish mashqlari 25-30 s ushlab turish, kardio mashqlari, suzish, yurish, massaj roligi (foam roller), massaj to‘pi (massage ball)) vositalarni kiritish orqali ikki smenali mashg‘ulotlarda o‘quv-mashq bosqichidagi o‘smir og‘ir atletikachilar organizmida yuzaga keladigan charchoq va toliqishlarni oldini olgan holda shug‘ullanishni tashkil qilish hisobiga organizmni og‘ir yuklamalarga tezkor moslashtirish imkoniyati oshirilgan; 
Og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimida nazariy va amaliy asos sifatida sport mahorati shakllanishining o‘quv-mashq bosqichida ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga mo‘ljallangan “Og‘ir atletikachilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish” model tarkibiga giperekstenziya (20-30 kg 6/4), trasteri. (50-60% 2+2/4-5), grifga maxsus rezinada osilgan disklarni ko‘krakdan siqib ko‘tarish (30%3/2, 35%3, 40%2/3), maxsus qo‘ygichdan dast ko‘tarish (50%/3, 60%3/2, 70%2/3, 80%2/2), kabi mashqlar guruhini kiritish hisobiga musobaqa tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv-mashq bosqichidagi og‘ir atletikachilar jismoniy tayyorgarligini oshirishda umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
Og‘ir atletikachilarning sport natijalariga muhim darajada ta’sir qiluvchi tayyorgarlik vosita (simulyasiya: sun’iy holatlarda mashq qilish, qiyinlashtirilgan sharoitlarda texnik mashqlar: chalqancha planka, teskari vertikal holatda qo‘llarni bukib yozish, ko‘rgazmali o‘rgatish: video tahlil, 3D modellar, virtual real holatlar)lari hamda metod (maksimal harakat, dinamik harakat, takroriy harakat, to‘lqinli davriylashtirish, chiziqli davriylashtirish) larni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Buxoro Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi og‘ir atletikachilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yli 6-fevraldagi 02-16/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning kuch sifati 10-12%, tezkor kuch sifati 9-11%, portlovchi kuch sifati 11-13%ga o‘sdi. 
O‘quv-mashq bosqichidagi og‘ir atletikachilarning to‘rt yillik reja soatlari nisbatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)-108/116/148/156 soat, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)-220/262/318/332 soat, texnik-taktik tayyorgarlik (TTT)-250/296/398/332 soat, nazariy tayyorgarlik (NT)-14/18/22/24 soat, psixologik tayyorgarlik (PT)-12/10/16/18 soat, nazorat sinov mashg‘ulotlari (NSM) -6/6/8/12 soat, Yo‘riqchi va hakamlik amaliyoti (YHA)-8/8/8/12 soat, Tiklanish tadbirlari (TT)-6/12/18/24 soatga o‘zgartirish va har bir tayyorgarlik turlari uchun mashg‘ulotdagi amaliy vazifalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yli 6-fevraldagi 02-16/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir atletikachilarning kuch sifati 9-11%, tezkor kuch sifati 12-14%, portlovchi kuch sifati 8-10%ga o‘sdi. 
Haftalik mashg‘ulotlarning dasturiga tezkor tiklanuvchi (elliptik trenajyorlardan foydalanish, cho‘zilish mashqlari 25-30 s ushlab turish, kardio mashqlari, suzish, yurish, massaj roligi (foam roller), massaj toʻpi (massage ball)) vositalarni kiritish orqali ikki smenali mashg‘ulotlarda o‘quv-mashq bosqichidagi o‘smir og‘ir atletikachilar organizmida yuzaga keladigan charchoq va toliqishlarni oldini olgan holda shug‘ullanishni tashkil qilishga oid taklif-tavsiyalar Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanuvchilar o‘quv-mashq bosqichidagi og‘ir atletikachilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yli 6-fevraldagi 02-16/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuch sifati 9-11%, tezkor kuch sifati 12-14%, portlovchi kuch sifati 8-10%ga o‘sdi. 
Og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimida nazariy va amaliy asos sifatida sport mahorati shakllanishining o‘quv-mashq bosqichida ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga mo‘ljallangan “Og‘ir atletikachilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish” model tarkibiga giperekstenziya (20-30 kg 6/4), trasteri. (50-60% 2+2/4-5), grifga maxsus rezinada osilgan disklarni ko‘krakdan siqib ko‘tarish (30%3/2, 35%3, 40%2/3), maxsus qo‘ygichdan dast ko‘tarish (50%/3, 60%3/2, 70%2/3, 80%2/2), kabi mashqlar guruhini kiritish ga oid taklif-tavsiyalar Buxoro Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi og‘ir atletikachilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yli 6-fevraldagi 02-16/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tadqiqot mobaynida 6-nafar og‘ir atletikachi O‘zbekiston og‘ir atletika o‘rmirlar terma jamoasi tarkibidan joy olgan, O‘zbekiston chempionatida 2 nafar ІІ o‘rin, 4 nafar ІІІ o‘rinni egallaganligi bilan tadqiqot o‘z isbotni topdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish