Sobirov Sobir Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik muhitdagi sferik jismning garmonik va noturg‘un tebranish-lari”(Garmonicheskie i neustanovivshiesya kolebaniya sfericheskogo tela, kontaktiruyushhego s vyazkouprugoy sredoy) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika - matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1312
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmonov Bahodir Sobirovich texnika fanlari doktori, (DSc)
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovushqoq-elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan sferik jismning tashqi yuklanish ta’siridagi garmonik va noturg‘un tebranishlari, hamda qovushqoq-elastik muhitda hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholashga qaratilgan hisoblash metodikasi, algoritmi va dasturini ishlab chiqish hamda sonli natijalar olib tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk marta qovushqoq-elastik muhitdagi sferik jismning radial, buralish va sferoidal so‘nuvchi xos tebranishlarini o‘rganish metodikasi va algoritmi Bessel va Xankelning kompleks argumentli maxsus sferik funksiyalari hamda Lejandrning ko‘phadiga asoslanib ishlab chiqilgan;
radial va buralish tebranishlarda Koltunov-Rjanisin yadrosining parametrlari (α,β) ning kompleks chastota haqiqiy va mavhum qismlariga ta’siri polimer materiallar uchun 1-2% bo‘lishi, yadro amplitudasi A ning ta’siri esa 3-5% bo‘lishi ishlab chiqilgan metodika va algoritm asosida topilgan;
sferoidal tebranishlarda kompleks chastotaning mavhum qismi qatlam radiuslari nisbati r_2^*=0.945 bo‘lganda tebranishlarning so‘nish koeffisientining eng katta bo‘lishi (ω_im=-13.24∙〖10〗^(-3)) parametrik tahlil asosida aniqlangan;
qovushqoq-elastik muhitda joylashgan deformatsiyalanuvchan sferik qobiqqa statsionar bo‘lmagan pog‘onali noturg‘un kuch yuklanganda maksimal zo‘riqishlar vaqtning boshlang‘ich qiymatlaridan kechikib (t^g>1.0) o‘zining maksimal qiymatga erishishi va keyinchalik 10-15% gacha kamayib, asimptota chizig‘iga yaqinlashib borishi ishlab chiqilgan metodika va algoritmini qo‘llash asosida topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dinamik kuchlar ta’sirida elastik va qovushqoq-elastik muhitda joylashgan deformatsiyalanuvchi sferik jismning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qovushqoq-elastik kompozit quvurlarda dinamik yuk ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash metodikasi va algoritmidan Buxoro davlat texnika universitetida 2012-2016-yillarda olib borilgan F4-14 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning dinamik kuchlar ta’siridagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2025 yil 2 iyuldagi 845 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, ko‘p qatlamli polimer quvurlar mustahkamligini baholash kriteriyasini topishga imkon bergan;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan xos son va unga mos tebranish formalarini topish metodikasidan Toshkent kimyo - texnologiya institutida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2025 yil 21 maydagi 1/01-1821 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati aniqlangan.