Dadamirzaev Muzaffar G‘ulomqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarimo‘tkazgichli strukturalarda ikki o‘lchamli energetik holatlar zichligiga magnit maydon, deformatsiya va haroratning ta’siri” 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1159
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosirjon Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori., Professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar:Karimov Ibrohim Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Vahobjon Rustamovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (DSc).
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikro va nanostrukturali yarimo‘tkagichlarning sirt va hajmiy holatlar zichligini harorat, magnit maydon va deformatsiyaga bog‘liqligini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini harorat va magnit maydonga bog‘liqligini ikki o‘lchamli xolatlar zichligining delta-funksiyalarini qatorga yoyish usuli yordamida matematik modeli ishlab chiqilgan;
tor zonali kvant o‘rali yarimo‘tkazgichlarning ruxsat etilgan zonalarini harorat va magnit maydonlarga bog‘liqligini xisoblashning Gauss taqsimot funksiyasini hisobga olgan holda Landau satxlarini xaroratga bog‘liqligining analitik ifodasi topilgan;
tor zonali kvant o‘rali yarimo‘tkazgichlarning ruxsat etilgan zonalaridagi diskret Landau satxlarini statistik termik kengayish qonuniyatlari asosida kvant o‘raning ta’qiqlangan zona kengligini haroratga bog‘liqligini aniqlovchi analitik ifodalari topilgan;
ilk bora, parabolik va noparabilik dispersiya qonunlari uchun kvant o‘raning holatlar zichligini deformatsiyaga bog‘liqligini modeli ishlab chiqilgan;
yarimo‘tkazgichli strukturalarda ta’qiqlangan zona kengligini xajmiy deformatsiyaga bog‘liqligini xisobga olgan xolda magnit maydon singdiruvchanligi va magnit qarshilik ossillasiya effektlarini harorat va deformatsiyalarga bo‘liqligini ifodalovchi umumlashgan analitik ifodalar topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yarimo‘tkazgichli strukturalarda ikki o‘lchamli energetik holatlar zichligiga magnit maydon, deformatsiya va haroratning ta’siri natijalari asosida:
tor zonali kvant o‘raning ruxsat etilgan zonalaridagi ikki o‘lchovli energetik holatlar zichligini harorat va magnit maydonga bog‘liqligini hisoblashda olingan natijalardan “Chiziqli bo‘lmagan yarimo‘tkazgich tizimlarining tashqi kogerent va katta amplitudali shovqin buzilishlariga munosabati” mavzusidagi № 09-02-00074 raqamli fundamental loyihada bajarishda qo‘llanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Dog‘iston Federal tadqiqot markazi H.I. Amirxonov nomidagi fizika institutining 2024 yil 13 dekabrdagi № 17241/7 sonli ma’lumotnomasi); Ilmiy tadqiqotlardan foydalanish natijasida, tashqi omillar ta’siridagi yarimo‘tkazgichli strukturalarning elektr va magnit xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarning energetik holatlar zichligini harorat va magnit maydonga bog‘liqligini hisoblashda olingan natijalardan “Yarimo‘tkazgichlar va ularning nanostrukturalarida fotonli kinetik samaralarning nazariy tadqiqi” mavzusidagi OT-F2-66 raqamli fundamental grantni bajarishda qo‘llanilgan (Farg‘ona Davlat Universitetining 2025 yil 16-yanvardagi №01-19 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihadagi nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarning ta’qiqlangan zona kengligini magnit maydonga bog‘liqligini xisoblashga erishilgan;
tor zonali kvant o‘rali yarimo‘tkazgichlarning ruxsat etilgan zonalarini holatlar zichligi , larni magnit maydon B va harorat T ga bog‘liqligini hisoblashda olingan natijalardan “Ferromagnit nanoklasterli Si bilan aylanma saraton hujayralarni tutib qoluvchi mikro suyuqlik kanalli integrallashgan tizim” mavzusidagi AL-202102215 raqamli O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2025 yil 27-fevraldagi №01/914-597 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kvant effekti ossillyasiyalariga deformatsiya, harorat va magnit maydon ta’sirini aniqlash imkoni paydo bo‘lgan.