Matboboeva Saidaxon Dilmurod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nano kremniyli fotoelektrik o‘zgartirgichlarning elektrofizik xossalarini tadqiq qilish” 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM987
Ilmiy rahbar: Nosirov Murodjon Zakirovich fizika-matematika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onarqulov Karimberdi Egamberdievich  – Farg‘ona davlat  universiteti proffessor, fizika-matematika fanlari doktori.  Atamuratov Atabek Egamberdievich –  Urganch davlat universiteti professori fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kvant fizikasi qonuniyatlariga tayangan holda zaryad tashuvchilarning ko‘p qatlamli nanostrukturalardagi xususiyatlarini raqamli modellashtirish asosida tadqiq qilish orqali fotoelektrik o‘zgartirgichlarning samardorligini yaxshilash shartlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ko‘p qatlamli nanostrukturalarda elektronlarning barerlardan o‘tish koeffisientida qatlamlar chegaralaridan o‘tgan va qaytgan de Broyl to‘lqinlarining interferensiyasi natijasida kvazi bog‘langan holatlar yuzaga kelishi tufayli o‘tish koeffisientida qo‘shimcha maksimum va minimumlar yuzaga kelishi aniqlangan;  
birinchi marta elektronlarning kremniyli to‘rt qatlamli nanostrukturalardagi harakatini raqamli modellashtirish asosida tahlil qilish natijasida elektr maydoni to‘rtinchi qatlamga qo‘yilganda eng katta samaradorlikka erishilishi, elektronlar energiyasi barer balandligidan kam bo‘lsa ham elektr maydoni ta’sirida barerlardan o‘ta olishi hamda elektronlarning barerlardan o‘tish koeffisienti va tok zichligining elektr maydoniga bog‘liqligi ossilyasion xarakterga ega ekanligi aniqlangan;
real quyosh elementlarining xususiyatlarini kuzatish tizimini yaratish hamda VAX tenglamasi va uning hosilasining qisqa tutashuv toki va salt ishlash kuchlanishi nuqtalaridagi qiymatlaridan foydalanilib trassendent tenglamani echish orqali ularning parametrlarini aniqlash usullarini takomillashtirishga imkon beruvchi yangi usul ishlab chiqilgan;
p-tipli kremniy asosidagi fotoelektrik o‘zgartirgichlarga sferik nanozarralar joylashtirilib, keng diapazonli quyosh spektri bilan nurlantirilganda lokallashgan plazmon rezonansi yuzaga kelishi va nanozarralar ichidagi elektr maydonining keskin ortishi hisobiga yaxlit metalga nisbatan bir necha marta yuqori fotoemission tok hosil bo‘lishi, nanozarra materiali sifatida nafaqat qimmatbaho oltin va kumush, balki misdan ham foydalanish mumkinligi, bunda samaradorlik 2% gacha ortishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘p qatlamli nanostrukturalar va nanozarralar kiritilgan kremniyning asosiy elektrofizik xususiyatlarini raqamli modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zaryad tashuvchilarning nano kremniyli ko‘p qatlamli strukturalardagi harakatini raqamli modellashtirish asosida olingan ilmiy natijalar “Foton” AJ da joriy qilingan  (AJning 2025 yil 14 apreldagi № 58 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yarimo‘tkazgichli yangi ko‘p qatlamli va optoelektronik qurilmalarni, shu jumladan quyosh fotoelektrik o‘zgartirgichlari, fotodetektorlar, fotokatalizatorlar, datchiklar, nano o‘lchamli LEDlarni takomillashtirishda va ularning samaradorligini oshirishda yanada keng miqyosda foydalanish tavsiya etilgan. 
Oltin, kumush va mis nanozarralarining fotoelektrik o‘zgartirgichlarga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik  institutida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan FZ-201906066 "Noyob  er metallari asosida qattiq oksidli yoqilgi elementlarini olish  texnologiyasini  ishlab chiqish" mavzusidagi  ilmiy amaliy loyihani bajarishda joriy etilgan (O‘z FA Materialshunoslik institutining 2025 yil 25 yanvardagi № 19 ma’lumotnomasi). Natijada mis nanozarrasi kiritilgan kremniyning fotoelektrik xususiyatlari  oltin va kumush nanozarralari kiritilgan kremniyning fotoelektrik xususiyatlariga nisbatan samaraliroq ekanligi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish