Axatov Xudaynazar Norim o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy silindrik qatlamli strukturalarning qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi” (Nestatsionarnoe vzaimodeystvie krugovix silindricheskoy sloistix struktur s vyazkoy jidkost`yu) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika - matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1305
Ilmiy rahbar: Yalg‘ashev Burxon Fayzullaevich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: 
Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Sharofiddin Sayfiddinovich texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tatqiqotlar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: Doiraviy silindrik qatlamli strukturalarning qovushoq suyuqlik bilan ta’sirlashuvida nostatsionar, o‘qqa nisbatan simmetrik tebranishlarini dinamik hisoblashning matematik modellarini ishlab chiqish; uch qatlamli qobiqlarning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalarida ko‘chish va kuchlanish maydonlarini aniqlash algoritmlarini yaratish; ishlab chiqilgan modellarni uch qatlamli kompozit va bir jinsli silindrik qobiqlar tebranishlarining amaliy masalalarini echish uchun qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:quyidagilardan iborat: 
doiraviy silindrik qatlamli strukturalarning qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvini hisobga olgan holda buralma tebranishlari o‘rganishda tashqi dinamik yuklar taʼsirini hisobga oluvchi matematik model yaratilgan;
oiraviy silindrik uch qatlamli silindrik qobiqning ishlab chiqilgan nostatsionar tebranishlari tenglamalaridan, xususiy hollarda bir jinsli qobiq va sterjenlar tebranishlari tenglamalariga kelishi isbotlangan;
doiraviy silindrik qatlamli strukturalarning ixtiyoriy ko‘ndalang kesimi nuqtalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini vaqtning istalgan qiymatida aniqlash imkonini beruvchi samarali usuli ishlab chiqilgan;
ichki qovushoq suyuqlik bilan ta’sirlashuvchi qatlamli qobiq tebranishlari uchun yangi amaliy masalalar qo‘yilgan hamda tegishli mos chegaraviy shartlar asosida uch qatlamli qobiqning garmonik tebranishlari va dinamik yuklar tasiridagi majburiy tebranishlari haqidagi xususiy masalalarni echish usullari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Doiraviy silindrik qatlamli strukturalarning qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qovushoq suyuqlikni o‘z ichiga olgan kompozit uch qatlamli silindrik qobiq (quvur) nuqtalarida tashqi impulsli yuk tasirida yuzaga keladigan normal kuchlanishning kritik qiymatlarini hisoblash “KARVON PLAST” MChJda quvurli uzatgichlarning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalarida chidamlilik chegarasini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024 yil 3 - iyundagi 02/15-1330 - son ma’lumotnomasi). Natijada turli diametrli uch qatlamli quvurlarning optimal qalinligini, tashqi statik va dinamik yuklar va ichki suyuqlikning bosimini hisobga olib, quvur turli nuqtalari radial ko‘chishlarini hisoblash yordamida trubaning qalinligi  ga kamaytirish imkonini va yuk ko‘taruvchi qatlamlar uchun ishlatiladigan material   ga tejash imkoni yaratilganligi ishlanmada o‘z aksini topgan;
Dinamik yuklar ta’siridagi yuqori bosimli suyuqlikni etkazib berish uchun quvur uzatgichlarning eng katta kuchlanishlarni aniqlash orqali uch qatlamli quvurning kuch parametrlarini hisoblash «UniverProStile» MChJda joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024 yil 3 - iyundagi 02/15-1330 - son ma’lumotnomasi). Natijada qovushoq siqiluvchi suyuqlikni o‘z ichiga olgan kompazit uch qatlamli silindrik struktura nuqtalarida tashqi impulsli yuk ta’sirida yuzaga keladigan normal kuchlanishning kritik qiymatlarini aniqlash uning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalariga mustahkamlik chegarasini aniqlash imkonini va olingan natijalar xarajatlarni normaga nisbatan   ga kamaytirish imkoni yaratilganligi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish