Boyqobilov To‘lqin Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy maydonlarida senikatsiya va desikatsiya agrotadbirining samaradorligini ilmiy asoslash”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1323
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida va Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Baxtiyor Salaxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tadjiev Karim Mardanakulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili olishda va donning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishda senikasiya hamda pishish fazasida ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi desikasiya o‘tkazishning ilmiy amaliy asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor respublikamiz sharoitida kuzgi bug‘doy don hosili va sifatini oshirishda sut-mum pishish davrida ammoniy sulfat o‘g‘iti (25-30 kg/ga) qo‘llab senikatsiya o‘tkazish va to‘la pishish fazasida qo‘ypechak, qamish, g‘umay kabi ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi desikatsiya o‘tkazishda SuyuqXMD (8,0-9,0 l/ga) va UzDEF (7,0-8,0 l/ga) defoliantlarining maqbul me’yori va samaradorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning sut-mum pishish fazasida ammoniy sulfat o‘g‘itini 25-30 kg/ga me’yorida qo‘llab, senikatsiya o‘tkazilganda, donning sifat ko‘rsatkichlaridan kleykovina miqdori 1,3-1,4 foiz va shaffofligi 3,9-4,0 foizga oshganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning pishish davrida tarqalgan ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi SuyuqXMD (8,0 l/ga) va UzDEF (7,0 l/ga) defoliantlarini qo‘llab desikatsiya o‘tkazilganida, qo‘ypechakning 90-95 %, g‘umoy va qamishning 70-80 % qurishi natijasida mazkur begona o‘tlar ta’sirida o‘rim vaqtida don to‘kilishining oldi olinishi bilan birgalikda kombaynlarning ish unumdorligi ham ikki barobarga oshganligi aniqlangan;
begona o‘tlarga qarshi desikatsiya o‘tkazishda qo‘llanilgan defoliantlar ta’sirida kuzgi bug‘doy somoni tarkibida xlorat magniy (Mg(ClO₃)₂) qoldiq miqdori SuyuqXMD defolianti (8,0-9,0 l/ga) qo‘llanilganda 0,0050-0,0056 mg/t., UzDEF defoliantida (7,0-8,0 l/ga) esa 0,0022-0,0026 mg/t. tashkil etib, har ikkala defoliant ham o‘simlik tarkibida juda kam (iz darajasida) bo‘lib, o‘simlik hamda issiqqonlilar uchun hech qanday patogen ta’sirga ega emasligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning sut-mum pishish davrida ammoniy sulfat o‘g‘iti (25-30 kg/ga) bilan senikatsiya o‘tkazilishi hisobiga qo‘shimcha 2,65-3,00 s/ga don hosili va 2752,7-2892,8 ming so‘m/ga qo‘shimcha sof daromad olinib, rentabellik darajasi ham 5,16-5,17 foizga oshganligi, shuningdek, pishish fazasida ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi desikatsiya o‘tkazilganida, o‘rim vaqtidagi don hosili nobudgarchiligining 10-15 % gacha kamayishi natijasida qo‘shimcha sof daromad 864,1-841,8 ming so‘m/ga, rentabellik darajasi 2,9-2,8% ga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kuzgi bug‘doy maydonlarida senikatsiya va desikatsiya agrotadbirining samaradorligini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
kuzgi bug‘doy don hosili va sifatini oshirishda sut-mum pishish davrida ammoniy sulfat o‘g‘iti (25-30 kg/ga) qo‘llab senikatsiya o‘tkazish va to‘la pishish fazasida qo‘ypechak, qamish, g‘umay kabi ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi SuyuqXMD (8,0-9,0 l/ga) va UzDEF (7,0-8,0 l/ga) defoliantlari bilan desikatsiya o‘tkazish agrotadbirlari Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi “TCT Agro Cluster” MChJ klasterining jami 50 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 22-iyundagi 05/05-02-449-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur agrotabirlar qo‘llanilgan kuzgi bug‘doy maydonlaridan olingan don hosili ortishi bilan birga, senikatsiya hisobidan 2 734,0-2 862,0 ming so‘m/ga, desikatsiya hisobidan 793,8-970,0 ming so‘m/ga qo‘shimcha sof daromad olingan;
kuzgi bug‘doyning sut-mum pishish fazasida ammoniy sulfat o‘g‘itini (25-30 kg/ga) qo‘llab senikatsiya o‘tkazish agrotadbiri Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi “TCT Agro Cluster” MChJ klasteriga qarashli 30,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 22-iyundagi 05/05-02-449-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doydan 65,6-65,9 s/ga don hosili etishtirilgan va don tarkibidagi kleykovina miqdori 0,4-0,5 foizga yaxshilanishiga erishilgan;
kuzgi bug‘doyning to‘la pishish fazasida tarqalgan ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi SuyuqXMD (8,0-9,0 l/ga) va UzDEF (7,0-8,0 l/ga) defoliantlari yordamida desikatsiya o‘tkazish agrotadbiri Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi “TCT Agro Cluster” MChJ klasteriga qarashli 20,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 22-iyundagi 05/05-02-449-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, begona o‘tlarning 90-95 % qurishi hisobiga o‘rim vaqtida kombaynlarning ish unumi ikki barobarga oshishi hamda gektaridan 2,4-2,6 sentnergacha don hosilining to‘kilishi oldi olinishiga erishilgan; 
kuzgi bug‘doyning to‘la pishish davrida begona o‘tlarga qarshi SuyuqXMD (8,0-9,0 l/ga) va UzDEF (7,0-8,0 l/ga) defoliantlari yordamida desikatsiya o‘tkazish agrotadbiri 2025-yilda Qorapalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani fermer xo‘jaliklarida jami 50,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qorapalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-iyuldagi 02/013-2341/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, begona o‘tlarga qarshi desikatsiya o‘tkazilgan variantlarda o‘rim vaqtida nazorat (desikatsiya o‘tkazilmagan maydon)ga nisbatan boshoqdagi don to‘kilishi 10-15% gacha kamayib, mos ravishda o‘rtacha 3,46-3,73 va 3,60-3,64 s/ga.gacha don hosilining nobudgarchiligi oldi olinishiga erishilgan  hamda olingan qo‘shimcha sof daromad 1386,6-1486,8 va 1470,5-1432,0 ming so‘m/ga.ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish