Xusanbaeva Xusnora Sobijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyani yomg‘irlatib sug‘orish tartibini ishlab chiqish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx997.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Shermat Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” va “Uzbekskaya–6” navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda suvtejamkor yomg‘irlatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning Uzbekskaya–6 va Nafis navlarini sug‘orishda tuproqning 30–40–40 sm hisobiy qatlamini namlash, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75–80–80% tartibda yomg‘irlatib sug‘orish maqbul ekanligi ishlab chiqilgan; 
soya navlarini egatlab sug‘orishda tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–75% tartibda mavsum davomida 3186,6 m3/ga suv sarflangan bo‘lsa,  soyani yomg‘irlatib sug‘orish usulida 75–80–80 % tartibda 2313,3 m3/ga me’yorda sug‘orilib, gektaridan 873,3 m3 yoki  37,7 % suv tejalishi isbotlangan;
yomg‘irlatib sug‘orish usulida soya navlarining o‘suv davri davomiyligi egatlab sug‘orishga nisbatan soyaning Nafis navida 1–2 kunga, Uzbekskaya–6 navida 4–9 kunga uzayganligi aniqlangan;
soya navlarini yomg‘irlatib sug‘orish usulida tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75–80–80% tartibida sug‘orilganda don hosili 3,8–4,4 s/ga, rentabellik darajasi 14,3–15,2 % ortishi aniqlangan;
soyani  yomg‘irlatib sug‘orish usulida tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70–75–75 % tartibda sug‘orilganda Nafis navida don tarkibidagi oqsil miqdori 0,47 %, moy miqdori 0,40 %, Uzbekskaya–6 navida esa oqsil 0,53 %, moy 0,43 % ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyani yomg‘irlatib  sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning Nafis va Uzbekskaya–6 navlarini yomg‘irlatib sug‘orish” nomli tavsiyanoma va DGU–21809–“Asosiy ekin soyani sug‘orish tartiblariga bog‘liq holda hosildorligini aniqlash” mavzusidagi EHM dasturi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9–apreldagi 05/01–05/02–05/04–03–130 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma soya etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlarida qo‘llanma sifatida foydalanilib kelinmoqda;
resurs tejamkor yomg‘irlatib sug‘orish usulida soyaning Uzbekskaya–6 va Nafis navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70–75–75% tartibda sug‘orish Toshkent viloyati Bustonliq tumanidagi “Agrover” MChJ klasterida 7 ga, Pskent tumani Ashirmetov Jumaboy f/x 6,5 ga, jami 13,5 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9–apreldagi 05/01–05/02–05/04–03–130 son ma’lumotnomasi). Natijada soyani yomg‘irlatib sug‘orishda 200–300 m3/ga me’yorda, mavsumiy  10 marta 3120 m3/ga suv sarflab sug‘orilganda don hosili 32,9 s/ga, rentabellik darajasi 65,7 %  tashkil etgan;
soya navini yomg‘irlatib sug‘orish usulida tuproqning 30–40–40 sm qatlamini namlab sug‘orish Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi “TIQXMMI”MTUning o‘quv tajriba uchatkasida 5,0 ga, Pskent tumani Ashirmetov Jumaboy f/x  6,5 ga, jami 18,5 ga maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9–apreldagi 05/01–05/02–05/04–03–130 son ma’lumotnomasi). Natijada, soyadan 29,5–32,9 s/ga don hosili olingan, mavsumiy sug‘orish me’yori 3120–2550 m3/ga ga teng bo‘lgan holda rentabellik darajasi 52,4–50,7 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish