Xabibullaev Xoljura Abduxalil o’g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kungaboqarning mahalliy sharoitga mos, hosildorlik va sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan, ertapishar navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1389.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: kungaboqarning Madina navi (NAP 00223).
II. Tadqiqotning maqsadi kungaboqarning mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, moydorligi yuqori, ertapishar yangi navini yaratish, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba kungaboqarning Helianthus annus L. turiga mansub xorijiy Olimp 1, 1-katalog, 2-katalog raqamli nav-namunalari hamda mahalliy navlar Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida morfobiologik xususiyatlari va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha qiyosiy o‘rganilgan va birlamchi manbalar tanlab olingan;
kungaboqarning mahalliy Osiyo navining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘tkazilgan qiyosiy tahlillar va seleksion tanlovlar asosida boshlang‘ich manbalar ajratib olingan; 
kungaboqarning Osiyo navini erkin changlantirish asosida Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, ertapishar (90 kun), serhosil (32,0 s/ga), moy miqdori yuqori (49,0 %) bo‘lgan “Madina” navi yaratilgan;
kungaboqarning yangi yaratilgan “Madina” navi andoza “Yangi zamon” navidan 6-8 kunga ertapisharligi, bir savatdagi to‘la etilgan urug‘lar soni 37 donaga, 1000 dona urug‘ vazni 4,0 grammga, hosildorligi 1,0 s/ga.ga, urug‘ moydorligi 3,0 % ga yuqori bo‘lishi bilan ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kungaboqarning mahalliy sharoitga mos, hosildorlik va sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan, ertapishar navlarini yaratish bo‘yicha olb borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kungaboqarning seleksion qiymatga ega bo‘lgan ashyolaridan samarali tanlovlar natijasida mahaliy tuproq-iqlim sharoitiga mos, o‘suv davri 90 kun, hosildorligi 27 s/ga, urug‘ moydorligi 49,0 % bo‘lgan Madina navi  yaratilib, 07.12.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan patent (№ NAP 00223) olingan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/05-03-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur nav ertapisharlik, yuqori hosildorlik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini namoyon qilib, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun istiqbolli deb topilgan;
majmuiy qimmatli xo‘jalik belgilari yuqoriligi bo‘yicha tahlil qilish va samarali tanlovlar natijasida yaratilgan kungaboqarning yangi “Madina” navi Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi” ilmiy tadqiqot fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/05-03-131-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, mazkur yangi nav andoza “Yangi zamon” naviga nisbatan 8-10 kunga ertapishar, hosildorligi 2-3 s/ga.ga va urug‘ moydorligi 3-4 % ga yuqori bo‘lishi bilan ustunligini ko‘rsatgan;
kungaboqarning yangi “Madina” navi Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Asaka oil plant seeds” ilmiy yo‘nalishdagi fermer xo‘jaligining 20 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/05-03-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi navdan o‘rtacha 28,0 s/ga hosil olinib, ekin maydonlarini kengaytirish uchun etarli miqdorda navdorligi yuqori bo‘lgan original urug‘liklari tayyorlangan. 
kungaboqarning xorijiy Olimp 1, Liniya 1, Liniya 2 nav-namunalari Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaliigining 0,5 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/05-03-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Olimp 1 nav namunasining tezpisharligi 100 kunni, hosildorligi  25 s/ga.ni, urug‘ moydorligi 47 % ni, Liniya 1 nav namunasining tezpisharligi 105 kunni, hosildorligi  24 s/gani, moydorligi 45 % ni, Liniya 2 nav namunasining tezpisharligi 107 kunni, hosildorligi 25 s/ga.ni, moydorligi 43 % ni tashkil etgan hamda ushbu nav-namunalarning urug‘ini dastlabki ko‘paytirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish