Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovnaning 
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oilaviy munosabatlarni shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Yu201.
Ilmiy maslahatchi: Ro‘ziev Rustam Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Boratov Mirodiljon Homidjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘ldashev Nuriddin Abdug‘anievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlarni shartnomaviy-huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish, oila a’zolari manfaatlarini himoya qilishda shartnomalarning o‘rnini belgilash hamda ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish, mediatorlik institutining rolini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish asoslab berilgan; 
nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda oilaviy shartnomalarni qo‘llash asoslab berilgan;
notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sog‘lomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borish, oila a’zolari va qarindoshlar o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish asoslab berilgan;
vasiylik va homiylik organlarining vasiylikni va homiylikni belgilash, tugatish, bolalarni tutingan ota-onalarga tarbiyaga berish, ular bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish, vasiylarni va homiylar yoki tutingan ota-onalarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish vakolatiga ega bo‘lishi kerakligi asoslab berilgan;
vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tutingan (foster) oilaga berish bo‘yicha tutingan ota-onalar bilan shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lishi asoslab berilgan;
bolalar tutingan (foster) oilalarga vakolatli organ bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida berilishi; oilaviy bolalar uyiga bolalar shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli hamda ixtisoslashtirgan joylashtirish shakllarida joylashtirilishi, bunda vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini aniqlashtirish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish, mediatorlik institutining rolini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi taklif, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi  O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 500-sonli Qarorining 1-ilova 3-bob, 12-band z) kichik bandining 5-xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasining 2025-yil 26-fevraldagi 01-02/146-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi oilalarga ta’sirchan yordam ko‘rsatish tizimini yaratish va oilaviy nizolarni muqobil usullar orqali hal etish tizimini kuchaytirishga hamda  samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish borasidagi taklif   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi  O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 500-sonli Qarorining 1-ilova 3-bob, 12-band z) kichik bandining 6-xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasining 2025-yil 26-fevraldagi 
01-02/146-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli holatlarni kelishuv va murosaga asoslangan tarzda hal etish mexanizmlarini rivojlantirish orqali oilalarni mustahkamlash va ajralishlarning oldini olishga xizmat qilgan;
notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sog‘lomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borish, oila a’zolari va qarindoshlar o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi  O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 500-sonli Qarorining 1-ilova 3-bob, 12-band n) kichik bandining 7-xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasining 2025-yil 26-fevraldagi 01-02/146-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, nizoli holatlarni kelishuv yo‘li bilan hal etish hamda oila a’zolari va qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
vasiylik va homiylik organlarining vasiylikni va homiylikni belgilash, tugatish, bolalarni tutingan ota-onalarga tarbiyaga berish, ular bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish, vasiylarni va homiylar yoki tutingan ota-onalarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish vakolatiga ega bo‘lishi kerakligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonunning 5-moddasi 
9-bandini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 12-martdagi  №3/dn-51-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ota-onalarni farzandlariga vasiy va homiy tayinlashda shartnoma majburiyatlarini bajarish, bajarmagan holatida javobgarlikni yuzaga kelishiga oid munosabatlarni takomilashtirishga xizmat qilgan.
vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tutingan (foster) oilaga berish bo‘yicha tutingan ota-onalar bilan shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lishiga oid  taklif  O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonunning 9-moddasi 5-bandini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 12-martdagi  №3/dn-51-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolalarni tutingan (foster) oilaga berish bo‘yicha tutingan ota-onalar bilan shartnomalar tuzishda vasiylik va homiylik organlarini vakolatli bo‘lishiga xizmat qilgan.
bolalar tutingan (foster) oilalarga vakolatli organ bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida berilishi; oilaviy bolalar uyiga bolalar shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli hamda ixtisoslashtirgan joylashtirish shakllarida joylashtirilishi, bunda vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonunning 9-moddasi 
11-bandini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 12-martdagi  №3/dn-51-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi bolalarni tutingan oilalarga shartnoma asosida berilishida hamda ushbu munosabatlarni shartnoma asosida rasmiylashtirilishida vasiylik va homiylik organlarining vakolatlari aniqlashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish