Nazarova Munavvar Soatmurod  qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/Iqt1772.
Ilmiy rahbar: Nazarova Fotima Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va  tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sangirova Umida Ravshanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda meva - sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavotchilik tarmog‘i” tushunchasining iqtisodiy mazmuni agrar sektorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qishloq joylarda bandlikni ta’minlash orqali mintaqalar iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladigan diversifikatsiyalashgan, mehnat sig‘imi va bozor talabiga yo‘naltirilgan tarmoqni aholining oziq-ovqat iste’mol savatchasida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan klaster faoliyatini tashkil etish orqali fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, logistika, ilmiy markazlar va bozorga taqdim etishning integrasiyalashgan tizimini yaratish asosida innovasion texnologiyalarni joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rag‘batlan¬tirishning ustuvor yo‘nalishlari huqu¬qiy (HT = 0,25), iqtisodiy (IT = 0,41) va tashkiliy (TT = 0,34) tadbirlar o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash orqali asoslangan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investisiyalar bilan etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlar hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida meva-sabzavot mahsulotlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholini oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan ta’minlashda meva-sabzavotchilik  tarmog‘ini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalari asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavotchilik tarmog‘i” tushunchasining iqtisodiy mazmunini agrar sektorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qishloq joylarda bandlikni ta’minlash orqali mintaqalar iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladigan diversifikatsiyalashgan, mehnat sig‘imi va bozor talabiga yo‘naltirilgan tarmoqni aholining oziq-ovqat iste’mol savatchasida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti”  nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotning nashr ruxsatnomasi №233-1057). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aholining oziq-ovqat iste’mol savatchasida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “meva-sabzavotchilik tarmog‘i” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan; 
Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan klaster faoliyatini tashkil etish orqali fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, logistika, ilmiy markazlar va bozorga taqdim etishning integrasiyalashgan tizimini yaratish asosida innovasion texnologiyalarni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 maydagi 04/22-11-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klasterlar faoliyatini takomillashtirish meva-sabzavotchilik tarmog‘ini innovasion texnologiyalar bilan jihozlash 35-40% ga va ulardan foydalanish darajasini 65-70% ga oshirish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rag‘batlan¬tirishning ustuvor yo‘nalishlari huqu¬qiy (HT = 0,25), iqtisodiy (IT = 0,41) va tashkiliy (TT = 0,34) tadbirlar o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 maydagi 04/22-11-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish orqali eksport qiymatini 3,5-4,0 martaga ko‘paytirish va fermer, dehqon xo‘jaliklari daromadlarini 1,5-2,0 barobarga oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investisiyalar bilan etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlar hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida meva-sabzavot mahsulotlari hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 maydagi 04/22-11-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investisiyalarning 1% ortishi meva-savzavotchilik mahsulotlarini o‘rtacha 0,15% ga ortishiga olib kelishi, Surxondaryo viloyatida 2030 yilda meva ishlab chiqarish optimistik nazariya bo‘yicha 250213,1 tonna bo‘lsa, pessimistik nazariyaga ko‘ra 239688,5 tonna shuningdek, sabzavot etishtirish optimistik prognoz ssenariysi bo‘yicha 1229003,0 tonna bo‘lishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish