Ergashov Ulug‘bek Zoxidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlar, ularning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlari va rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4013.
Ilmiy rahbar: Olim Murtazaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Berdimuratov Quanishbay Genjebaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisina, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlar, ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollarini asoslash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘dorchilikda klasterlarni rivojlantirishning ob’ektiv zaruriyati asoslanib, “bog‘dorchilik klasteri” tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan hamda bog‘dorchilikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan klasterlar turlari tasniflangan holda bog‘dorchilikda xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanish jarayonining sxemasi taklif etilgan;
bog‘dorchilik klasterlarini rag‘batlantirishda hududlarda farqlarning farqi (Difference-in-Differences) DiDga ko‘ra islohatlarning ta’sirini baholash, shu asosida davriy ravishda pirovard natijalarni ijobiy o‘zgartirishlarga qaratilgan imkoniyatlarga ega ekanligi asoslangan;
almashlab ekish tizimidagi paxta maydonlari chetida klaster shaklida tashkil etilgan bog‘dorchilikka ajratiladigan maydonlarda to‘liq meva yoki qurilish materialibop daraxtlar hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning klaster sinergetik samaradorligini oshirishi asoslangan;
meva ekinlari maydonining tarkibiy tuzilishida hosili kam ekin maydonlarini qisqartirib, tez va sifatli, resurs tejaydigan ekinlar maydonlarini ko‘paytirish va serdaromad ekin turlari mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlariga ko‘ra bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlarda meva etishtirish samaradorligining 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlar, ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bog‘dorchilikda klasterlarni rivojlantirishning ob’ektiv zaruriyati asoslanib, “bog‘dorchilik klasteri” tushunchasiga mualliflik ta’rifi hamda bog‘dorchilikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan klasterlar turlari tasniflangan holda bog‘dorchilikda xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanish jarayonining sxemasi bo‘yicha taklif muallif tomonidan “Qishlok xo‘jaligi iqtisodiyoti” o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-980-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlar mohiyati va mazmunini yaxshiroq tushunish, uning me’yoriy-huquqiy hujjatlari sifatini yaxshilash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
bog‘dorchilik klasterlarini rag‘batlantirishda hududlarda farqlarning farqi (Difference-in-Differences) DiDga ko‘ra islohatlarning ta’sirini baholash, shu asosida davriy ravishda pirovard natijalarni ijobiy o‘zgarti-rishlarga qaratilgan imkoniyatlarga ega ekanligi bo‘yicha taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “Samarqand viloyatida bog‘dorchilikda klaster integratsiyasini baholash va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydlanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-980-son ma’lumotnomasi). Taklif bog‘dorchilikda klasterlashtirish integratsiyasi samaradorligini oshirishda ular tashkil etilgunigacha va undan keyin farqlarning farqi DiD (Difference-in-Differences)ga ko‘ra 8,7 koeffisientga tengligini ochib berishga uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
almashlab ekish tizimidagi paxta maydonlari chetida klaster shaklida tashkil etilgan bog‘dorchilikka ajratiladigan maydonlarda to‘liq meva yoki qurilish materialibop daraxtlar hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning klaster sinergetik samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif “Samarqand viloyatida er resurslaridan kompleks foydalanish asosida ko‘p tarmoqli agroklasterlar faoliyatini takomillashtirish” bo‘yicha eksperimental loyiha doirasida tajriba tariqasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-980-son ma’lumotnomasi). Taklif viloyatda paxta dalasi chetida to‘liq meva yoki qurilish materialibop daraxtlar etishtirilganidan meva yoki qurilish materialibop daraxtlar 50x50 bo‘lgan holatda etishtirilganida samaradorlik 13% yuqori bo‘lishi va qo‘shimcha daromad keltirishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
meva ekinlari maydonining tarkibiy tuzilishida hosili kam ekin maydonlarini qisqartirib, tez va sifatli, resurs tejaydigan ekinlar maydonlarini ko‘paytirish va serdaromad ekin turlari mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlariga ko‘ra bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klasterlarda meva etishtirish samaradorligining 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan Samarqand viloyatining suvli hudulari bo‘lgan Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Bulungur, Toyloq, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va Narpay tumanlarida gilos mahsulotlari etishtirish hamda tog‘oldi va lalmikor dehqonchilikka ixtisoslashi, Urgut, Payariq, Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida pista etishtirishni ko‘paytirishda ekin maydonlari tarkibini ijobiy tomonga o‘zgartish takliflarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-980-son ma’lumotnomasi). Taklif istiqbolda meva ekin maydonlari tarkibiy tuzilishida hosili kam ekin maydonlarini qisqartirib, tez va sifatli, resurs tejaydigan ekinlar maydonlarini ko‘paytirish hamda serdaromad ekin turlari mahsulotlarini xorijga eksport qilish hajmini (turini) oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.