Baxriddinov Kamoliddin Baxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy-investision strategiyalarni takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4853
Ilmiy rahbar: Xamdamov Omonullo Ne’matullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunova Nargiza Raximovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy-investision strategiyani shakllantirish va strategik moliyaviy tahlil usullaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida investision va korporativ shaffoflikni ta’minlash maqsadida aksiyadorlar, ishtirokchilar va muassis uchun «axborotlarni oshkor etish tengligi» tamoyilini joriy qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalar va aksiyalar chiqarish orqali kapital bozoridan qo‘shimcha resurslarni jalb qilish asosida umumiy investision portfelini 15-18 foizga kengaytirish imkoni asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kredit mablag‘lari ulushini pasaytirib, aksiyaviy moliyalashtirish ulushini oshirish kompaniya uchun moliyaviy yukni kamaytirish bilan birga foiz xarajatlarini yiliga 8-10 foizgacha qisqartirish hamda sof foydani kamida 12-14 foizga oshirishi asoslangan; 
“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan strategik moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasidagi investisiya strategiyasiga ko‘ra tarmoqlar bo‘yicha lizing portfelini diversifikatsiyalash me’yoriy chegarasini (hech bir soha>35% umumiy portfeldan) belgilash orqali soha konsentratsiyasi risklarini tartibga solish asoslangan; 
aksiyadorlik jamiyatlarida investision risklar darajasini baholash va oldindan prognoz qilishda RiskMetrics amaliyotini joriy etish orqali “Agro finans lizing” AJning 2030 yilga qadar strategik moliyaviy tahlil bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy-investision strategiyalarni ishlab chiqish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida investision va korporativ shaffoflikni ta’minlash maqsadida aksiyadorlar, ishtirokchilar va muassis uchun «axborotlarni oshkor etish tengligi» tamoyilini joriy qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalar va aksiyalar chiqarish orqali kapital bozoridan qo‘shimcha resurslarni jalb qilish asosida umumiy investision portfelini 15-18 foizga kengaytirish taklifi “Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 16 dekabrdagi № 01-5/10059543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan tijorat va notijorat maqsadlarni belgilash, ularning investisiya loyihalariga davlat kafilligini berishdan bosqichma-bosqich voz kechish, davlat ishtirokidagi korxonalar va nodavlat yuridik shaxslar uchun teng sharoit yaratish, davlatning mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish orqali davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini to‘liq bozor mexanizmlariga o‘tkazish taklifi 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasida o‘z aksini topgan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kredit mablag‘lari ulushini pasaytirib, aksiyaviy moliyalashtirish ulushini oshirish kompaniya uchun moliyaviy yukni kamaytirish bilan birga foiz xarajatlarini yiliga 8-10 foizgacha qisqartirish hamda sof foydani kamida 12-14 foizga oshirish taklifi “Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 16 dekabrdagi № 01-5/10059543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, kredit mablag‘lariga bog‘liqligi kamaygani sababli jamiyat zimmasidagi umumiy moliyaviy yuk sezilarli darajada pasayib, foiz xarajatlarini yiliga o‘rtacha 8-10 foizgacha qisqartirish imkonini yaratdi. Foiz xarajatlarining qisqarishi bevosita sof foyda ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatib, jamiyat sof foyda miqdorini 12-14 foizga oshirish imkonini berdi;
“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan strategik moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasidagi investisiya strategiyasiga ko‘ra tarmoqlar bo‘yicha lizing portfelini diversifikatsiyalash me’yoriy chegarasini (hech bir soha>35% umumiy portfeldan) belgilash orqali soha konsentratsiyasi risklarini tartibga solish taklifi “Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 16 dekabrdagi №01-5/10059543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2025-2027 yillar uchun istiqbolli strategiyasi va moliyaviy-investision faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida investision risklar darajasini baholash va oldindan prognoz qilishda RiskMetrics amaliyotini joriy etish orqali “Agro finans lizing” AJning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan strategik moliyaviy tahlil bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agro finans lizing” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 16 dekabrdagi №01-5/10059543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291 sonli qaroriga 4-ilova 2023-2025 yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, buning natijasida jamiyat tomonidan investision faoliyat natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni prognoz qilish asosida doimiy xarajatlar miqdorini 15% kamaytirish orqali 2024 yil uchun investision faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar hajmini 12% o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish