Umidova Nigora Nabi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozning kelib chikishida genetik markerlarning axamiyati”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/ Tib4201.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Muhayyo To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Mavlyanova Nigora Narimonovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: apoptoz markerlari va angiogenez regulyatorlari asosida reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozni bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
genital endometriozli ayollarda kasallikning kelib chiqishida ayollarning ovkatlanish tarzining epigenetik tasiri borligi hamda endometrioz va venoz kon tomirlar varikozi, semizlik o‘rtasida korelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasida genital endometrioz bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarda ilk bor qon zardobidagi TR53 geni pro72arg polimorfizmi pro/pro va pro/arg genotipi endometriozning kelib chiqishida informativ ekanligi asoslangan ;
o‘zbek populyasiyasida reproduktiv yoshdagi ayollarda ilk bor genital endometriozni aniqlashda BRAF V600E geni T/A polimorfizmi T/A genotipi va TP53_2 geni C/T polimorfizmi S/T genotipi endometriozning og‘ir kechishida informativligi isbotlangan;
olingan natijalar asosida reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozni erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozni tashxislashda BRAF V600E geni C/T va TR53 geni Pro72Arg polimorfizmlarining o‘rnini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: genital endometriozli ayollarda kasallikning kelib chiqishida ayollarning ovkatlanish tarzining epigenetik tasiri borligi hamda endometrioz va venoz kon tomirlar varikozi, semizlik o‘rtasida korelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; Ijtimoiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriozga olib keluvchi ovkatlanish tarzining epigenetik tasiri borligi hamda endometrioz va venoz kon tomirlar varikozi, semizlik o‘rtasida korelyasion bog‘liqlik mavjudligini inobatga olgan holda ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chikish asosida kasallikni erta bashoratlashga erishildi; iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 9500000 so‘m byudjet mablag‘lari erta diagnostik markyorlarni aniqlash, davolash va profilaktika usullarini joriy etish orqali statsionar davolanishiga bo‘lgan ehtiyoj 24%ga kamayishi natijasida iqtisod qilindi; Xulosa: genital endometriozni erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 391630 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 201760 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida genital endometrioz bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarda ilk bor qon zardobidagi TR53 geni pro72arg polimorfizmi pro/pro va pro/arg genotipi endometriozning kelib chiqishida informativ ekanligi asoslangan; Ijtimoiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi endometrioz kasalligiga chalingan ayollarda klinik-laborator, biokimyoviy, molekulyar-genetik va gistologik o‘zgarishlarni taqqoslash asosida keyinchalik rivojlanish ehtimoli bo‘lgan endometriozning oldini olish imkoniyatini bergan va erta tashxislash natijasida va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chikish orqali kasallik residivini erta bashoratlashga erishildi; iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi endometrioz kasalligiga chalingan ayollarda genetik o‘zgarishlarni bashoratlash orqali xavf guruxlari aniqlandi. Xulosa: ushbu xavf guruxlarda olib borilgan diagnostik usullar orqali kelib chikishi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlarini oldi olindi, hamda asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 2850000 so‘m iqtisod qilindi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida reproduktiv yoshdagi ayollarda ilk bor genital endometriozni aniqlashda BRAF V600E geni T/A polimorfizmi T/A genotipi va TP53_2 geni C/T polimorfizmi S/T genotipi endometriozning og‘ir kechishida informativligi isbotlangan; Ijtimoiy samaradorligi: endometriozni bashoratlovchi erta diagnostik genetik markerlar asosida endometriozni og‘ir darajalarga o‘tishini oldini olish va differensiallashgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chikish orqali yomon sifatli o‘smalar kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan; iqtisodiy samaradorligi: ushbu xavf guruxlarda olib borilgan diagnostik usullar orqali kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olindi. Xulosa: Og‘ir darajali endometriozni saraton xavfini erta aniqlash natijasida bemorlarning statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 2750000 so‘mga iqtisod qilindi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik:olingan natijalar asosida reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozni erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan; Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostik tizim rivojlanish ehtimoli bo‘lgan endometriozning oldini olish imkoniyatini bergan va reproduktiv salomatlikni hamda ayollarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan; iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda xavf guruxiga kirganlik asosida tekshiruv natijalariga asosan genetik tahlil o‘tkazish orqali oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1524000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 554600 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 969400 so‘m iqtisod qilindi; Xulosa: Genital endometriozni erta aniqlash, ushbu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish algoritmini qo‘llash orqali kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan.
Ilmiy natijalar asosida “Reproduktiv yoshdagi ayollarda genital endometriozni tashxislashni makbullashtirish uchun gistologik usuldan foydalanish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 20-t054son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriozni o‘z vaqtida aniqlash, ushbu kontingentdagi bemorlarda malignizatsiya va residiv darajasini kamaytirish imkonini bergan. Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Navoiy viloyati filiali va «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul`dagi 21/06-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi endometrioz bo‘lgan ayollarni tashxislash va davolash sifatini oshirishga, asoratlar ulushini, xavfli o‘smalarga o‘tish va o‘lim xavfini kamaytirishga, davolash xarajatlarini kamaytirishga va reproduktiv davrda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi.