Saburov Jaloliddin Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siri”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1035
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, proessor; Samatov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy nomdagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoro amirligi davrida tasavvuf va tariqatlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rahmatulloh Vozehning “Tuhfat ul-ahbob fi tazkiratil ashob”, Urgutiy Samarqadiyning “Tarixi Humuliy” asarlari asosida Buxoro amirligi davrida dunyoviy va diniy ilmlarning rivojlanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘zaro aloqadorligi amir va amirzodalarning ilm-ma’rifatga xayrixohliklari bilan bog‘liqligi va uning ijtimoiy madaniy hayot barqarorligiga pozitiv ta’siri ochib berilgan;
Buxoro amirligi davri tasavvufi sof e’tiqoddagi “ahli sunna va jamoa” aqidasiga mos ravishda shakllanganligi, murakkab ijtimoiy-ma’naviy muhitda naqshbandiya ta’limotining “Dast ba kor, Dil ba Yor” tamoyiliga hamohang bo‘lgan “Zohiram Rind astu suratam bo xalq, ma’ni bo Xudo” g‘oyalarining ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’siri Muhiddin Baqiyning “va’z al-Ahbob” asaridagi irfoniy-falsafiy fikrlari vositasida dalillangan;
Musoxon Dahbediyning “Navodir al-Ma’orif” asaridagi tasavvufiy-falsafiy qarashlari tahlili asosida Buxoro amirligi davri tasavvuf va tariqatlari odob, suhbat, ilm va amal tamoyillariga asoslangan “mo‘tadil irfon konsepsiyasi”ga tayanganligi hamda naqshbandiylikning insonparvarlik, diniy va dunyoviylik g‘oyalarini uzviyligini saqlab qolganligi mantiqiy dalillangan;
yoshlarning o‘z tarixiga va madaniy merosiga to‘g‘ri munosabatini shakllantirish hamda radikalizm, mutaassiblik g‘oyalariga aralashib qolishlarini oldini olishda Buxoro tasavvuf maktablari namoyandalari irfoniy-falsafiy ta’limotlari ma’rifati, gumanistik mohiyatini “tarbiya” darslariga singdirishda amirlik davri mutasavviflari merosi substatsional ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rahmatulloh Vozehning “Tuhfat ul-ahbob fi tazkiratil ashob”, Urgutiy Samarqadiyning “Tarixi Humuliy” asarlari asosida Buxoro amirligi davrida dunyoviy va diniy ilmlarning rivojlanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘zaro aloqadorligi amir va amirzodalarning ilm-ma’rifatga xayrixohliklari bilan bog‘liqligi va uning ijtimoiy madaniy hayot barqarorligiga pozitiv ta’siriga doir xulosalar va yangiliklardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 16-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 28-noyabrdagi 02/527-son hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 6-dekabrdagi 10/2021-son ma’lumotnomalari). Natijada, tasavvuf ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafiy, axloqiy qarashlarning yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etish hamda Buxoro amirligi davrida islom ilmlari rivoji, tasavvuf va tariqatlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’sirini ilmiy tahlil etishga xizmat qilgan;
Buxoro amirligi davri tasavvufi sof e’tiqoddagi “ahli sunna va jamoa” aqidasiga mos ravishda shakllanganligi, murakkab ijtimoiy-ma’naviy muhitda naqshbandiya ta’limotining “Dast ba kor, Dil ba Yor” tamoyiliga hamohang bo‘lgan “Zohiram Rind astu suratam bo xalq, ma’ni bo Xudo” g‘oyalarining ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’siri Muhiddin Baqiyning “va’z al-Ahbob” asaridagi irfoniy-falsafiy fikrlari vositasida dalillanganligiga oid umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirishda, jumladan, targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 30-noyabrdagi 02-02/02/1/3224-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston sharoitida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siridan murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid faoliyatni samarali tashkil qilishda xizmat qilgan;
Musoxon Dahbediyning “Navodir al-Ma’orif” asaridagi tasavvufiy-falsafiy qarashlari tahlili asosida Buxoro amirligi davri tasavvuf va tariqatlari odob, suhbat, ilm va amal tamoyillariga asoslangan “mo‘tadil irfon konsepsiyasi”ga tayanganligi hamda naqshbandiylikning insonparvarlik, diniy va dunyoviylik g‘oyalarini uzviyligini saqlab qolganligiga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida, jumladan PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 5-dekabrdagi 06-07/817-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston sharoitida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siridan murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid faoliyatni samarali tashkil qilishda xizmat qilgan;
yoshlarning o‘z tarixiga va madaniy merosiga to‘g‘ri munosabatini shakllantirish hamda radikalizm, mutaassiblik g‘oyalariga aralashib qolishlarini oldini olishda Buxoro tasavvuf maktablari namoyandalari irfoniy-falsafiy ta’limotlari ma’rifati, gumanistik mohiyatini “tarbiya” darslariga singdirishda amirlik davri mutasavviflari merosiga oid ilmiy yangiliklari hamda taklif va tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-Fl-88-son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-09-280-son hamda O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-maydagi 04/11-6508-son ma’lumotnomalari). Natijada, teletomoshabinlar Buxoro amirligida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siriga yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga hamda Yangi 0’zbekiston sharoitida tasavvuf va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siridan murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish