Haydarov O‘ral Axmadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Almardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Ruslan Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fond bozorida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning ishtirokini baholash ko‘rsatkichlarini “a’lo” (0,03≤p≤0,05), “yaxshi” (0,02≤p≤0,04), “qoniqarli” (0,015≤p≤0,03) darajasini ifodalovchi oraliq diapazonlarida investisiya loyihalari qiymatining kamida 3-5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish taklifi asoslangan;
investisiya loyihlarini moliyalashtirishda kompaniyalarning investisiya portfeli samaradorligini baholash uslubi investisiyalarning daromadlilik darajasini aks ettiruvchi “Investisiya nisbati koeffisienti” (Investment Ratio Ik) ko‘rsatkichidan foydalanishni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida “yashil” obligatsiyalarni xususiy investorlar o‘rtasida joylashtirish orqali “Yashil iqtisodiyot fondi”ni tashkil etish yo‘li bilan ekologik loyihalarni moliyalashtirishni bosqichma-bosqich rag‘batlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
ipoteka bozorini noa’nanaviy moliyaviy instrumentlari orqali rag‘batlantirishni kengaytirishning bozor mexanizmi sifatida jismoniy shaxslarni “mushoraka mutanaqisa” shartnomasi orqali moliyalashtirish taklif asoslangan;
O‘zbekiston hududlarining investisiya loyihalarini moliyalashtirishda investisiya salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aks ettiruvchi “kompleks tasodifiy samara” ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar faoliyatning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
fond bozorida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning ishtirokini baholash ko‘rsatkichlarini “a’lo” (0,03≤p≤0,05), “yaxshi” (0,02≤p≤0,04), “qoniqarli” (0,015≤p≤0,03) darajasini ifodalovchi oraliq diapazonlarida investisiya loyihalari qiymatining kamida 3-5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-maydagi 07-01-00485 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, fond bozori ishtirokchilarini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va davlat ulushi yuqori bo‘lgan tashkilotlarning samaradorligini bosqichma-bosqich oshirib borishga xizmat qilgan.
investisiya loyihlarini moliyalashtirishda kompaniyalarning investisiya portfeli samaradorligini baholash uslubi investisiyalarning daromadlilik darajasini aks ettiruvchi “Investisiya nisbati koeffisienti” (Investment Ratio Ik) ko‘rsatkichidan foydalanishni tatbiq etish orqali takomillashtirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-maydagi 07-01-00485 sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklif kompaniyalarning investisiya portfeli samaradorligini baholashda “investisiya koeffisienti” ya’ni Ik>1 bo‘lganda korxona moliyaviy jihatdan barqaror va keyingi o‘sish uchun potensialga egaligi, Ik=1 teng bo‘lganda kompaniya uzoq muddatli aktivlarni o‘z kapitali bilan to‘liq qoplash imkoniyati mavjudligini aks ettiradi. Agar Ik<1 dan kichik bo‘lsa korxona qarz mablag‘lariga bog‘liq bo‘lib bu moliyaviy beqarorlikni aks ettirishi mumkin ekanligini ifodalaydi.
iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida “yashil” obligatsiyalarni xususiy investorlar o‘rtasida joylashtirish orqali “Yashil iqtisodiyot fondi”ni tashkil etish yo‘li bilan ekologik loyihalarni moliyalashtirishni bosqichma-bosqich rag‘batlantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-maydagi 07-01-00485 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan xususiy infratuzilmalarda yashil loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirgan.
mamlakatimizda ipoteka loyihalarini moliyalashtirishda “Mushoraka mutanaqisa” (kamayib boruvchi Mushoraka) instrumentini joriy etishning ijobiy jihatlari asoslanishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-maydagi 07-01-00485 sonli ma’lumotnomasi) Bu taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida mamlakatimizda ipoteka loyihalarini moliyalashtirishda “Mushoraka mutanaqisa” (kamayib boruvchi Mushoraka) instrumentini joriy etishning ijobiy jihatlari asoslangan.
O‘zbekiston hududlarining investisiya loyihalarini moliyalashtirishda investisiya salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aks ettiruvchi “kompleks tasodifiy samara” ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar faoliyatning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-maydagi 07-01-00485 sonli ma’lumotnomasi) Mazkur modelning qo‘llanilishi natijasida markazlashgan investisiya hajmini bir foizga o‘sishi hududlarining investisiya hajmini 0,21 foizga, xorijiy investisiya va kredit hajmini bir foizga o‘sishi hududlarining investisiya hajmini 0,48 foizga o‘sishiga erishilishi mumkinligi ekonometrik tahlillar asosida aniqlangan.