Samandarov Elyorbek Shonazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qalay galogenidlari va kraun efirlari asosida sintez qilingan nochiziqli optik materiallar sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K919.
Ilmiy rahbarlar: Yakubov Yo‘ldash Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor; C.Balakrishnan, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Dilnoza Salamovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Bekchanov Davron Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: qalay galogenidlari va kraun efirlari asosida ligandlar 3-Asetilpiridin; 3-piridilmetanamin; metil izonikotinat; nikotinitril pikolinik kislota (2-piridinkarboksilik kislota); piridin-2-ilmetanamin bilan yangi nochiziqli optik materiallar sintez qilish, ularning kristall tuzilishi va optik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalay galogenidlari va kraun efirlari asosida 9 ta yangi kompleks birikmalar sintez qilingan, ulardan 6 tasi Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilib, 2464388, 2464389, 2465923, 2465924, 2344788, 2448617 depozit raqamlar olingan;
sintez qilingan [SnCl6(H2O)2(C6H5N2)2], [SnBr6(C6H5N2)2(H2O)2], [SnCl6(C6H6NO2)2(H2O)2], [SnBr6(C6H6NO2)2(H2O)2], [SnBr6(C7H8NO2)2] tarkibli nochiziqli optik xususiyatli kompleks birikmalarning molekulyar va kristall tuzilishlari rentgen tuzulish tahlil usuli yordamida aniqlangan;
Kraun efirlari asosida sintez qilingan optik xususiyatli kompleks birikmalardan [C12H24O6(C8H10NO)2(I)2] sentrosimmetrik trigonal, [(C12H24O6)(C6H9N2)(I)], [(C12H24O6)2(H2O)2(C6H9N2)2(I)2], [(C10H20O5)(C6H9N2)(I)] sentrosimmetrik triklinik sistemada kristallanishi rentgen tuzulish tahlil usuli yordamida isbotlangan;
olingan kompleks birikmalar asosidagi optik materiallarning valentlik va o‘tkazuvchanlik zonasi orasidagi energiya farqi Tauc diagrammasi yordamida aniqlangan hamda optoelektronik xususiyatlarining NLO-6>NLO-7>NLO-8>NLO-1>NLO-3>NLO-4>NLO-2>NLO-5 qatorida kamayib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qalay galogenidlari va kraun efirlari asosida sintez qilingan nochiziqli optik materiallarni  tuzilishi va optik xossalari boʻyicha olingan natijalar asosida:
[SnCl6(H2O)2(C6H5N2)2], [SnBr6(C6H5N2)2(H2O)2], [SnCl6(C6H6NO2)2(H2O)2], [SnBr6(C6H6NO2)2(H2O)2], [SnBr6(C7H8NO2)2], [C12H24O6(C8H10NO)2(I)2], [(C12H24O6)(C6H9N2)(I)], [(C12H24O6)2(H2O)2(C6H9N2)2(I)2], [(C10H20O5)(C6H9N2)(I)] tarkibli yangi sintez qilingan nochiziqli optik materiallarni molekulyar va kristall tuzilishi haqidagi ma’lumotlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar markazi (https://www.ccdc.cam.ac.uk/cons/retrievihg.html)da №2464388, №2464389, №2465923, №2465924, №2344788, №2448617 raqamlar bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar haqidagi taqdim etilgan ma’lumotlar oʻxshash birikmalarni sintez qilishda va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini yaratgan; 
olingan NLO 6 va NLO 7 optik materiallari Muborak gazni qayta ishlash zavodi MChJ da quyosh batareyasi elementlari sifatida qo‘lanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi MChJning 2025 yil 9 iyuldagi 964/GʻK-07-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, sanoat quyosh batareyalarida qoʻllanilayotgan perovskit minerali asosidagi quyosh elementlarining oʻrnini bosuvchi, arzon va 22% gacha samaradorlikka ega organik bo‘lgan quyosh elementlarini olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish