Adizova Shoira Toirovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosidagi sorbentlarni termokimyoviy qayta ishlash va amaliyotda qo‘llash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4828.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Suvni tozalash uchun sorbent olish usuli” (№IAP 8095).
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolarni termokimyoviy modifikatsiyalash orqali olingan sorbentlar asosida tog‘-kon sanoati turli texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Navbahor paligorskit va bentonit giltuproqlari mineral kislotalar va termik faollashtirilganda gil kukunlarining adsorbsion-tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarda kinetik o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
tog‘-kon sanoati korxonalarining turli texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlar tarkibidagi turli tabiatli va tarkibli ifloslantiruvchi moddalardan tozalash jarayonida modifikatsiyalangan bentonit va poligorskit gil namunalarini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan sorbent asosida oqova suvlarni tozalashda cho‘kmaga tushgan shlamlarning xususiyatlari va tarkibini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida tozalash bosqichlarida sodir bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi aniqlangan;
oqova suvlarni tozalash jarayonida gil kukunlarning tabiiy va modifikatsiyalangan shakllari asosidagi sorbsion xususiyatlari aniqlangan. Termokimyoviy modifikatsiyalangan samarali sorbent hamda koagulyant va flokulyant tozalovchi reagentlar asosida sanoat oqova suvlari tarkibidagi turli ionlardan tozalash samaradorligi amaldagi usulga nisbatan 21-25 % ga yuqori ekanligi aniqlangan.
texnik suvlarning fizik-kimyoviy miqdoriy tarkibini xossalari o‘rganildi va oqova suvlarni tozalash jarayonini amalga oshirishning texnologiyasi ishlab chiqilgan, tozalashning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolardan yuqori samarali faollashtirilgan sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va tog‘-kon sanoati oqova suvlarini tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolardan yuqori samarali faollashtirilgan sorbentlar olish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ korxonasining 2024 yil 6 dekabrdagi 23/01-01-07/772-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan yangi tarkibli yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar asosida oqova suvlarni tozalashda qo‘llash imkonini bergan;
oqova suvlarni modifikatsiyalangan sorbentlar, koagulyant va flokulyantlar yordamida tozalash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ korxona-sining 2024 yil 6 dekabrdagi 23/01-01-07/772-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni tozalagandan so‘ng temir ionlari 99,6% ga, marganes ionlari 99,9% ga, nikel ionlari 31,2% ga, mis ionlari 85,6% ga kamaytirish imkonini bergan.