Umurova Shahodat Shavkat qizining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida paxta moylarini tozalash uchun yuqori samarali sorbentlar olish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5603.
Ilmiy rahbar: Amonova Matluba Muxtarovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Paxta moyini tozalovchi selektiv sorbent olish usuli” (№IAP 7941).
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy mineral resurslari asosida ekologik toza o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarish jarayoni uchun yuqori samarali sorbentlar olish asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navbahor koni paligorskit gil qatlamlarining mineralogik tarkibi (paligorskit, montmorillonit, kvars, dala shpati va boshqa minerallar) hamda kimyoviy tarkibi (SiO₂, Al₂O₃, Fe₂O₃, MgO, CaO va boshqalar) aniqlanishi natijasida ularning sorbsion xususiyatlari yuqori bo‘lgan tabiiy mineral qatlamlardan foydalanib sorbentlar olishning ilmiy asoslari yaratilgan;
paligorskit va bentonit giltuproqlari orqali gil kukunlarining adsorbsion-tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarda turli omillar, jumladan ion almashinish qobiliyati (80–110 mmol/100 g), termik ishlov berish darajasi (250–300°C oralig‘ida 2-5 atm.da), pH ko‘rsatkichi (3,0-3,6), kimyoviy modifikatsiyasi (HCl, H₂SO₄, NaOH, tuz eritmalari bilan), sorbsiya davomiyligi (186-220 soatgacha) bo‘lishi ilmiy asoslangan;
gil kukunlariga mineral va organik kislotalar bilan ishlov berilganda tabiiy mineral tuzilishining o‘zgarishi natijasida mexanik mustahkamlikka ega sorbentlarni olish usuli yaratilgan hamda kimyoviy faollashtirilgan sorbentlarda sirt faol markazlarining yuzasi va maydonining kengayishi hisobiga paxta moylari tarkibidagi erkin yog‘kislotalari, fosfatidlar, rang beruvchi moddalar hamda oksidlanish mahsulotlaridan iborat aralashmalardan kimyoviy faollashtirish orqali tozalash usuli ishlab chiqilgan;
paxta moyi tarkibidagi zararli va keraksiz moddalarning (paxta moyi tarkibidagi fosfatidlar, erkin yog‘ kislotalari, pigmentlar (karotenoidlar, xlorofill, betakarotin, gossipol), oksidlanish mahsulotlari, oqsil va shilliqlar) funksional guruhlari bilan sorbentning sirt markazlari o‘zaro fizik-kimyoviy ta’sirlashuvi sorbsion tozalash mexanizmiga asoslangan holda takomillashtirilgan;
termokimyoviy modifikatsiyalangan poligarskit va bentonit gillari asosida olingan sorbentlar asosida paxta moylarini rang birligini kamaytirish texnologik jarayonning selektivligini 90-96% ga oshirib tayyor mahsulotning sifatini oshirishning adsorbsion, filtrlash va sentrifugalash kabi samarali texnologik usullari integratsiyalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida paxta moylarini tozalash uchun yuqori samarali sorbentlar olish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan sorbentlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasining 2024 yil 3 dekabrdagi 139-son ma’lumotnomasi). Natijada, termokimyoviy modifikatsiyalangan yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar asosida oqartirilgan paxta moylarining iste’mol uchun yaroqlilik xususiyatini yaxshilash, sifatini oshirish va ishlab chiqarishda amalda faollantirish maqsadida qo‘llaniladigan oqartiruvchilar sarfini kamaytirish imkonini bergan;
paxta moylarini oqartiruvchi sorbentlar ishlab chiqarish texnologiyasi “Karmana moy invest” MChJ va “Forever servis” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasining 2024 yil 3 dekabrdagi 139-son va O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 03-iyuldagi KC/3-224 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, resurs tejamkor va iqtisodiy samarador sorbentlar asosida oziq-ovqat moylariga rang beruvchi xlorofill, betakarotin, gossipol moddalarini keskin darajada kamaytirish imkonini bergan.