Pirmatov Sherzod Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xoledoxolitiazlarda magistral o‘t yo‘llari kasalliklarini xoledoxoskopik tashxislash va davolash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2904.
Ilmiy rahbar: Yangibaev Zaribbay, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03. 
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universtiteti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gernioplastikaning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor laparoskopik hamda ochiq usuldagi jarrohlik amaliyoti paytida intraoperatsion ul`tra nozik 2,6 mmlik xoledoxoskopning qo‘llanilishi orqali xoledoxoskopik xoledoxolitoekstraksiya texnikasi takomillashtirilgan;
Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lganda endoskopik retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya (ERPXG+EPST) amaliyotini amalga oshirishni imkonsiz bo‘lsa, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘tkazuvchanligini yaxshilash, mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya asoslangan;
ilk bor xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismini kengaytirish hamda o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tishini yaxshilash maqsadida xoledox terminal qismiga stent qo‘yish amaliyoti asoslangan;
xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash va jarrohlik davolash algoritimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 15 yanvardagi 11 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, laparoskopik hamda ochiq usuldagi jarrohlik amaliyoti paytida intraoperatsion ul`tra nozik 2,6 mmlik xoledoxoskopning qo‘llanilishi orqali xoledoxoskopik xoledoxolitoekstraksiya texnikasi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: laparoskopik hamda ochiq usuldagi jarrohlik amaliyoti paytida intraoperatsion ul`tra nozik 2,6 mmlik xoledoxoskopning qo‘llanilishi magistral o‘t yo‘llaridagi va jigar ichki o‘t yo‘llaridagi konkrementlarni aniqlash hamda aniqlangan konkrementlarni olish, bir bosqichli minimal invaziv jarrohlik davolash natijasida bemorlar ruxiy salomatligi tez qayta tiklangan va erta tashxislash natijasida qayta shifoxonaga xoledoxolitiaz bilan murojaat qilinishi son jixatdan kamaygan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ul`tra nozik ya’ni 2,6 mm o‘lchamdagi xoledoxoskop yordamida magistral o‘t yo‘llaridagi va jigar ichki o‘t yo‘llaridagi konkrementlarni aniqlash hamda aniqlangan konkrementlarni olish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.10.2023 yildagi 142-I-sonli buyrug‘i) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi qo‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (26.10.2023 yildagi 36-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: ul`tra nozik ya’ni 2,6 mm o‘lchamdagi xoledoxoskop yordamida magistral o‘t yo‘llaridagi va jigar ichki o‘t yo‘llaridagi konkrementlarni aniqlash hamda aniqlangan konkrementlarni olish usuli bemorlarni shifoxonaga qayta murojaat qilishini oldini olgan holda tashxislash va davolashga sarf qilinishi mumkin bo‘lgan dori-darmon va laborator tekshiruv va boshqa xarajatlarini kamaytirish tufayli statsionar sharoitda moddiy xarajatlarini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ilk marotaba, laparoskopik hamda ochiq usuldagi jarrohlik amaliyoti paytida intraoperatsion ul`tra nozik 2,6 mmlik xoledoxoskopning qo‘llanilishi bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirgan. Xulosa: ul`tra nozik ya’ni 2,6 mm o‘lchamdagi xoledoxoskop yordamida magistral o‘t yo‘llaridagi va jigar ichki o‘t yo‘llaridagi konkrementlarni aniqlash hamda aniqlangan konkrementlarni olish natijasida xoledoxolitiaz asorati, xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligining buzilishi kuzatilgan bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolashda intraoperatsion xoledoxoskopiyadan foydalanish natijasida xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishining aniq darajalari aniqlandi hamda bu adekvat jarrohlik usulini to‘g‘ri tanlash imkoniyatini berdi, shu sababli jarrohlik davolash natijalari davolash uchun sarflanadigan xarajatlari qisqargan, bemorlarni takroriy shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaygan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik xisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olindi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lganda endoskopik retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya (ERPXG+EPST) amaliyotini amalga oshirishni imkonsiz bo‘lsa, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘tkazuvchanligini yaxshilash, mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya  amaliyotini amalga oshirishni imkoni bo‘lmagan holatlarda, ya’ni katta duodenal so‘rg‘ich divertikul ichida joylashganda, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali bemorlar salomatligini tez qayta tiklangan va erta tashxislash natijasida bemorlar son jixatdan kamaygan, hayot sifati yangilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirishni imkoni bo‘lmagan holatlarda, ya’ni katta duodenal so‘rg‘ich divertikul ichida joylashganda, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya usuli bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.10.2023 yildagi 142-I-sonli buyrug‘i) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi qo‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (26.10.2023 yildagi 36-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirishni imkoni bo‘lmagan holatlarda, ya’ni katta duodenal so‘rg‘ich divertikul ichida joylashganda, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya amaliyoti orqali kasallikning resediv shakllarga o‘tib ketishi oldi olinadi, qyta statsionar davo olishga muxtoj emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirishni imkoni bo‘lmagan holatlarda, ya’ni katta duodenal so‘rg‘ich divertikul ichida joylashganda, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash, xoledoxda konkrementlarni yig‘ilishini oldini olish maqsadida Fater so‘rg‘ichini papillotom yordamida intraoperatsion antegrad papillosfinkterotomiya amaliyoti usuli algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra bir davolanish kursiga ketadigan xarajatlar 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Fater so‘rg‘ichini torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya+endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirishni imkoni bo‘lmagan holatlarda, ya’ni katta duodenal so‘rg‘ich divertikul ichida joylashganda, oshqozonda o‘tkazilgan har xil turdagi amaliyotlar o‘tkazgan bemorlarda xoledoxoskop yordamida o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda mayda migratsiyalovchi konkrementlarni o‘n ikki barmoqli ichakka tushishini ta’minlash natijasida davolash uchun sarflanadigan xarajatlari qisqargan, bemorlarni takror shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaygan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik xisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olindi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismini kengaytirish hamda o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tishini yaxshilash maqsadida xoledox terminal qismiga stent qo‘yish amaliyoti asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba, xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya  amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismini kengaytirish hamda o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida xoledox terminal qismiga stent qo‘yish amaliyoti orqali keyingi spesifik asoratlarning hamda kasallikning qaytalanishini kamaytirishga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya+endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismini kengaytirish hamda o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida xoledox terminal qismiga stent qo‘yish usuli bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.10.2023 yildagi 142-I-sonli buyrug‘i) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi qo‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (26.10.2023 yildagi 36-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya va endoskopik popillosfinkterotomiya  amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismiga stent qo‘yishning asosiy vazifasi xoledox terminal qismini kengaytirish hamda o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tkazuvchanligini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorni saqlash xarajatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. 2023 yilda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 1 bemorga bir kunlik yotishga 226718 so‘m sarflandi. Bir marta bemorni oy davomida saqlash uchun 6801540 so‘m talab qilinadi. Xulosa: xoledox terminal qismi torayishi mavjud bo‘lgan bemorlarda retrograd pankreatoxolangiografiya+endoskopik popillosfinkterotomiya amaliyotini amalga oshirish paytidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, pankreatit, peritonit, yiringli xolangit, har xil-turdagi yatrogeniyalar kabi asoratlarni oldini olish maqsadida xoledoxoskopik balonli dilyatatsiya yordamida xoledox terminal qismiga stent qo‘yish orqali bemorlarni takror shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaygan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik xisobiga iqtisod qilingan va kasallikni erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olindi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash va jarrohlik davolash algoritmi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash hamda jarrohlik davolashni takomillashtirish usuli orqali ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va FS o‘tkazuvchanligi buzilishlarini davolash bo‘yicha ustuvor ahamiyatga ega ekanligini baholash asosida kasallikning oldini olish profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash hamda jarrohlik davolashni takomillashtirish usuli bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 
(05.10.2023 yildagi 142-I-sonli buyrug‘i) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi qo‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (26.10.2023 yildagi 36-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash hamda jarrohlik davolashni takomillashtirish natijasida ushbu bemorlarni postxolesistektomik sindrom bilan qayta shifoxonaga murojaat qilishini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash hamda jarrohlik davolashni takomillashtirish orqali postxolesistektomik sindrom bilan qayta shifoxonaga murojaat qilishini oldini olgan holda bemorda moddiy va ma’naviy hamda iqtisodiy zarar ko‘rishini oldini oldi. Xulosa: xolelitiaz va uning xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, yiringli xolangit, umumiy o‘t yo‘li terminal qismi, Fater so‘rg‘ichi stenozi darajalarida minimal invaziv usullardan foydalanish uchun tashxislash hamda jarrohlik davolashni takomillashtirish orqali ijtimoiy, iqtisodiy zarar va bemorlarda qo‘shimcha stress, qayta shifoxonaga murojaat qilishini oldini oldi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish