Muzaffarov Nodirbek Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir obturatsion xolesistit tashxislangan keksa va qari yoshdagi bemorlarni davolash natijalarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib.4138.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri orqali endovezikal hamda endobiliar fotodinamik terapiyaning samarali usullarini ishlab chiqish va xolesistektomiyaning salbiy natijalarini bashorat qilish orqali keksa va qari yoshdagi bemorlarda uchraydigan o‘tkir obturatsion xolesistitni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlanib, mazkur holat yallig‘lanish jarayonining kuchayishi, intoksikatsiya va barqaror endotoksemiyaning rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar ko‘p holatda og‘ir darajadagi virulentlikka ega bo‘lgan grammanfiy tayoqchalar, ya’ni fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ilk bor perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
ilk bor ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini (IAP 8076-sonli patent) birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llash va xolesistektomiyani usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 20 iyundagi 20/50 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlanib, mazkur holat yallig‘lanish jarayonining kuchayishi, intoksikatsiya va barqaror endotoksemiyaning rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlanib, bu holatni inobatga olinishi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha buyruq (11.03.2025 y.; № 42-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (09.04.2025 y.; №62-U§2-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5,0 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1350000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 270000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 105000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir obturatsion xolesistitda kuzatiladigan morfostrukturaviy o‘zgarishlarning asosini o‘t qopi to‘qimalaridagi destruksiyaga moyil infil`trativ o‘zgarishlar tashkil etganligi aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar ko‘p holatda og‘ir darajadagi virulentlikka ega bo‘lgan grammanfiy tayoqchalar, ya’ni fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar grammanfiy tayoqchalar-fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha buyruq (11.03.2025 y.; № 42-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (09.04.2025 y.; №62-U§2-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar grammanfiy tayoqchalar-fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlanganligidan foydalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar grammanfiy tayoqchalar-fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlanganligidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1350000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 270000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 105000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir obturatsion xolesistitda rivojlanadigan yiringli-yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar grammanfiy tayoqchalar-fakul`tativ anaeroblar bilan bog‘liq ekanligi isbotlanganligidan foydalanish, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha buyruq (11.03.2025 y.; № 42-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (09.04.2025 y.; №62-U§2-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1350000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: perkutan xolesistostomiya uzoq muddat qo‘llanilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida obligat aeroblar o‘sishi kuzatilib, bu o‘z navbatida kasalxona ichi infeksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlanganligi sababli, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1350000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 525000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini (IAP 8076-sonli patent) birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llash va xolesistektomiyani usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llash va xolesistektomiyani taklif etilgan bashorat qilish mezonlariga asosan tanlash intraoperatsion asoratlar sonini 1,7 barobarga, mahalliy va umumiy operatsiyadan keyingi asoratlar sonini mos ravishda 3,5 va 1,8 barobargacha kamaytirish imkonini bergan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha buyruq (11.03.2025 y.; № 42-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (09.04.2025 y.; №62-U§2-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llash va xolesistektomiyani taklif etilgan bashorat qilish mezonlariga asosan tanlash intraoperatsion asoratlar sonini 1,7 barobarga, mahalliy va umumiy operatsiyadan keyingi asoratlar sonini mos ravishda 3,5 va 1,8 barobargacha kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llash va xolesistektomiyani taklif etilgan bashorat qilish mezonlariga asosan tanlash intraoperatsion asoratlar sonini 1,7 barobarga, mahalliy va umumiy operatsiyadan keyingi asoratlar sonini mos ravishda 3,5 va 1,8 barobargacha kamaytirish imkonini berishi hisobiga bemorning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1350000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 525000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: differensiallashtirilgan o‘t pufagi ichi fotodinamik terapiya usulini birinchi bosqich jarrohlik davolashida qo‘llashni amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1350000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 525000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.