Kurbanova Vusala Vidadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka tug‘ma nuqsonlarining prenatal mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2 PhD/Tib1935.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nodira Muradullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Axmad Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion ul`tratovush texnologiyalarini qo‘llash orqali homila o‘pkasining tug‘ma nuqsonlarini ul`tratovush diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikning 12-40 xaftaliklarida homila o‘pkasining o‘ng, chap va umumiy hajmini kulrang rang rejimi va uch o‘lchovli hajmli ul`tratovush texnologiyasidan foydalangan holda baholash uchun regionar normativ ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
homila o‘pkasining gipoplaziyasini baholashda torako-pulmonar indeksni o‘lchash usulining patomorfologik samaradorligi isbotlangan;
ko‘krak qafasining ko‘ndalang kesimida homila o‘pkalarining yuzasini ko‘krak qafasi yuzasiga nisbati o‘rtacha 41,6 ± 2,5% ni tashkil qilishi va o‘pka gipoplaziyasida 18,2% dan 33,5% gacha, o‘rtacha 25,2±5,1% ga kamayishi isbotlangan;
homilada o‘pka gipoplaziyasi bilan kechadigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlarida resperator disfunksiya prognozini baholash uchun ballar shkalasining samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pkaning tug‘ma nuqsonlarini prenatal davrda aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning 12-40 xaftaliklarida homila o‘pkasining o‘ng, chap va umumiy hajmini kulrang rang rejimi va uch o‘lchovli ul`tratovush texnologiyasidan foydalangan holda baholash uchun regionar normativlar ishlab chiqilganligi va samaradorligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 29 dekabrda №7n–r/64–son bilan tasdiqlangan «Kulrang va uch o‘lchovli exografiya yordamida homila o‘pkasining hajmini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati «Ona va bola skriningi» markazining 2024 yil 6 yanvardagi 43a-sonli va Navoiy viloyati «Ona va bola skriningi» markazining 2024 yil 9 yanvardagi 32-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi №11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilaning o‘pka anomaliyalarini, shu jumladan o‘pka gipoplaziyasini erta tashxislash homiladorlikni boshqarish taktikasini aniqlash va perinatal natijalarni yaxshilash imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: magnit-rezonans tomografiya yordamida homila o‘pkasining hajmini hisoblash 420 ming so‘m sarfni talab etadi, homila o‘pka hajmini baholashda ul`tratovush diagnostikasi arzon, qulay va ionlashtirmaydigan tadqiqot usuli bo‘lib, qo‘shimcha pul xarajatlarini tejash imkonini berishidan iborat. Xulosa: homilada o‘pka hajmini baholash usulini tadbiq etish gipoplaziya bilan kechadigan o‘pka nuqsonlarini o‘z vaqtida tashxislash imkonini bergan va shu bilan bolalar o‘rtasida o‘lim va nogironlik darajasini pasaytirgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: homila o‘pkasining gipoplaziyasini baholashda torako-pulmonar indeksni o‘lchash usulining patomorfologik samaradorligi isbotlanganligi aniqlanganligi TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda №03n–r/20–son bilan tasdiqlangan «O‘pka gipoplaziyasi bilan kechadigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan homilada nafas olish disfunksiyasi prognozini ballar yordamida baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 2 martdagi 163-sonli va Samarqand viloyati «Ona va bola skriningi» markazining 2024 yil 6 mart 51-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi №11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homila o‘pkasining gipoplaziyasini baholashda torako-pulmonar indeksdan foydalanish o‘pka gipoplaziyasining darajasini baholash, bachadonichi mualajalarining taktikasini aniqlash va prenatal davrda o‘pka hajmini kuzatish imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: har bir nogiron bolaga har yili davlat xisobidan 13464000 so‘m mablag‘ sarflanishini hisobga olinsa, homiladorlikning prognozi aniq nohush bo‘lishi kutilgan o‘pkaning ikki yoki bir tomonlama ageneziyasi, traxeya va bronxlar atreziyasi, tug‘ma bronxomalyasiya, yirik mediastinal o‘smalar kabi holatlarda homiladorlikning to‘xtatilishi, o‘z navbatida, ko‘krak qafasi a’zolarining anomaliyalari bo‘yicha operatsiyalar uchun, kasalxonada bo‘lish vaqtidagi pul xarajatlarini, shuningdek, tug‘ma nuqsonli bolani parvarish qiladigan ota-onalar uchun davlat xarajatlarini tejashga olib kelgan. Xulosa: homila o‘pka gipoplaziyasini baholashda torako-pulmonar indeksdan foydalanish o‘pkaning tug‘ma nuqsonlarini og‘ir shakllari aniqlanganda homiladorlikni erta muddatlarida to‘xtatish, homiladorlik davom ettirilgan holatlarida esa yangi tug‘ilgan chaqaloqqa erta va malakali yordam ko‘rsatish imkonini berishidan iborat.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining ko‘ndalang kesimida homila o‘pkalarining yuzasini ko‘krak qafasi yuzasiga nisbati o‘rtacha 41,6±2,5% ni tashkil qilishi va o‘pka gipoplaziyasida 18,2% dan 33,5% gacha, o‘rtacha 25,2±5,1% ga kamayishini o‘pka gipoplaziyasini baholashda qo‘llash bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda №03n–r/20–son bilan tasdiqlangan «O‘pka gipoplaziyasi bilan kechadigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan homilada nafas olish disfunksiyasi prognozini ballar yordamida baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 2 martdagi 163-sonli va Samarqand viloyati «Ona va bola skriningi» markazining 2024 yil 6 mart 51-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi №11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka yuzasini ko‘krak qafasi yuzasiga nisbatini normal ko‘rasatkichlarini va gipoplaziya kuzatilgandagi ko‘rsatkichlarni bilish o‘pka gipoplaziyasini baholashda aniqlik kiritishidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda nogironlikka olib keladigan nuqsonlarni barvaqt aniqlash bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirishdan, diafragma churralarini erta aniqlash va erta muddatlarda homiladorlikni to‘xtatish bu nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lgan nogiron bolalarda jarrohlik va statsionarda davolash chora-tadbirariga ajratiladigan sarf-xarajatlarni tejalishidan iborat. Xulosa: o‘pka gipoplaziyasining o‘limga olib keladigan shakllarini erta tashxislash va homiladorlikni to‘xtatish chaqaloqlar o‘limini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homilada o‘pka gipoplaziyasi bilan kechadigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlarida resperator disfunksiya prognozini baholash uchun ballar shkalasi ishlab chiqilganligi va samaradorligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda №03n–r/20–son bilan tasdiqlangan «O‘pka gipoplaziyasi bilan kechadigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan homilada nafas olish disfunksiyasi prognozini ballar yordamida baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 2 martdagi 163-sonli va Samarqand viloyati «Ona va bola skriningi» markazining 2024 yil 6 mart 51-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi №11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka gipoplaziyasi bilan birga keladigan ko‘krak qafasi a’zolarining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan homilada nafas olish disfunksiyasini bashorat qilish uchun ballar shkalasini ishlab chiqish tug‘ma o‘pka nuqsonlari bo‘lgan homilada o‘pka gipoplaziyasi darajasini aniq baholash va homiladorlikni boshqarish taktikasini aniqlash imkonini bergan. O‘pka gipoplaziyasi darajasini baholashning ijtimoiy ahamiyati chaqaloqlarning o‘limi va nogironligi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘pkaning tug‘ma nuqsonlari va o‘pka gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarning tug‘ilish darajasini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirishdan iqtisodiy samarani baholash nogiron bolalar xarajatlarini hisobga olgan holda hisoblanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF 74-son qaroriga asosan tug‘ma nuqsonlari tufayli nogironligi bo‘lgan bolalarga 622 ta ming so‘m, nogiron bolalarni parvarish qilayotgan shaxslarga — 500 ming so‘m har oyda ajratilishi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiy samaradorlik bolalarda nogironlikka olib keladigan nuqsonlarni barvaqt aniqlash har bir nogiron boladan davlatga yiliga 13 million 464 ming so‘m mablag‘ tejashidan iborat. Xulosa: o‘pka gipoplaziyasining o‘limga olib keladigan shakllarini erta tashxislash va homiladorlikni to‘xtatish chaqaloqlar o‘limini kamaytirish imkonini bergan.