Eshmatov Mirlaziz Mirfozilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar serebral falaji (BSF) bo‘lgan bemorlarda tizza bo‘g‘imining bukuvchi kontrakturasini davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1959.
Ilmiy rahbar: Xamroev Farxod Sharafovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asilova Saodat Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika bolalar ortopediya markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizza bo‘g‘imining bukuvchi kontrakturasi tashxisoti va davolash usullarini takomillashtirish orqali reabilitatsiya samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar serebral falaji tashxislangan bemorlarda klinik-instrumental tadqiqot usullaridan olingan ma’lumotlariga qo‘shimcha ravishda sinamalar (test) natijasini inobatga olgan holda davolash taktikasi va usullarini qo‘llash samaradorlikning sezilarli yaxshilanishi uchun muxit yaratishi isbotlangan;
bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizzani bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida ishlab chiqilgan konservativ yoki jarroxlik davolash usullariga ko‘rsatmalar ishonchli samarali natijalar olinishi borasida ishonchli ma’lumot berishi isbotlangan;
ilk bor bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarroxlik usuli ishlab chiqilgan, bunda mushak-pay butunligi saqlangan xoldagi mustaxkam natija olinishi isbotlangan;
ilk bor bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usuli yordamida tizzada xarakatlar xajmi tiklanishi muddati qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 22 maydagi 18/01 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falaji tashxislangan bemorlarda klinik-instrumental tadqiqot usullaridan olingan ma’lumotlariga qo‘shimcha ravishda sinamalar (test) natijasini inobatga olgan holda davolash taktikasi va usullarini qo‘llash samaradorlikning sezilarli yaxshilanishi uchun muxit yaratishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar serebral falaji tashxislangan bemorlarda klinik-instrumental tadqiqot usullaridan olingan ma’lumotlariga qo‘shimcha ravishda sinamalar (test) natijasini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash va davo usullarini qo‘llash har bir klinik holatda individual yondashuvni ta’minlab, davo natijalarini sezilarli yaxshilanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.03.2025 y.; №70) hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (16.04.2025 y.; № 26&2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falaji tashxislangan bemorlarda klinik-instrumental tadqiqot usullari natijalari va sinamalar (test) natijasini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash va davo usullarini qo‘llash bemorlarning adekvat davolanishini ta’minlab, ularni jamiyatda sog‘lom holda o‘z o‘rinlarini topishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: xarajatlar variantlarini solishtirishda mazkur iqtisodiy tahlil statsionarda qolish muddatining qisqarishi va bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturalarining jarrohlik usuli bilan davolash bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarni kamaytirish hisobiga samaradorlik darajasining katta yoki kichik bo‘lishi, lekin teng emasligi bilan harakterlanadi. Tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturalari bilan og‘rigan yosh va o‘rta yoshli bemorlarda tizza bo‘g‘imining bukuvchi kontrakturasini xirurgik korreksiya qilish usulini joriy etish orqali umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: bolalar serebral falaji tashxislangan bemorlarda klinik-instrumental tadqiqot usullaridan olingan ma’lumotlariga qo‘shimcha ravishda sinamalar (test) natijasini inobatga olgan holda davolash taktikasi va usullarini qo‘llash davolash samaradorligini keskin yaxshilanishiga, turli asoratlar va qoniqarsiz natijalar ulushini kamaytirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizzani bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida ishlab chiqilgan konservativ yoki jarroxlik davolash usullariga ko‘rsatmalar ishonchli samarali natijalar olinishi borasida ishonchli ma’lumot berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizzani bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm ma’lumotlari bemorlarda konservativ yoki jarrohlik davolash usullariga ko‘rsatmalar ishlab chiqishda ishonchli ma’lumot berish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.03.2025 y.; №70) hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (16.04.2025 y.; № 26&2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizzani bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm ma’lumotlari bemorlarda optimal davo usullarini tanlashda ishonchli ma’lumot berib, kam invaziv va qo‘shimcha jarohatlarsiz amaliyotni o‘tkazish imkonini berdi, bemorlarni erta aktivlanishiga va sog‘lom hayotga qaytishigi imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizzani bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida davo usullarini tanlash, hamda yosh va o‘rta yoshli bemorlarda tizza bo‘g‘imining bukuvchi kontrakturasini xirurgik korreksiya qilish usulini joriy etish har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tashkil etib umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qildi. Xulosa: bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda tizza bo‘g‘imini bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan algoritm ma’lumotlari bemorlarda konservativ yoki jarrohlik davolash usullariga ko‘rsatmalar ishlab chiqishda muhim rol` o‘ynab, optimal davo usullarini tanlash orqali davolash samaradorligini sezilarli yaxshilanishiga, asoratlar va qoniqarsiz natijalar ulushini qisqartirishiga xiszmat qildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarroxlik usuli ishlab chiqilgan, bunda mushak-pay butunligi saqlangan xoldagi mustaxkam natija olinishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarrohlik usuli bemorlarda mushak to‘qimasi butunligini saqlangan holda aponevroz qismini kesib uzaytirish, tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturani bartaraf etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.03.2025 y.; №70) hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (16.04.2025 y.; № 26&2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarrohlik usuli asosida bemorlarda jarrohlik amaliyotini qo‘llash ularning erta aktivlanishiga imkon berib, tizza bo‘g‘imda sog‘lom harakatlanish va erta nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarrohlik usulini qo‘llash jarrohlik amaliyotini sifatli bajarish asosida bemorlarni erta sog‘lomlashtirish, erta nogironlikni kamaytirish hisobiga statsionar davo kunlarini qisqartirish imkonini imkonini berdi, har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: bolalar serebral falajida tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi kam invaziv jarrohlik usuli bemorlarda mushak to‘qimasi butunligini saqlash, tizza bo‘g‘imi harakat amplitudasini yaxshilash, bemorlarni erkin harakatlanishiga xizmat qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usuli yordamida tizzada xarakatlar xajmi tiklanishi muddati qisqarishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usulini amaliyotdan keyingi davrda qo‘llash ularda tizza bo‘g‘imida harakatlar xajmi qisqa muddatlarda tiklanishiga zamin yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.03.2025 y.; №70) hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (16.04.2025 y.; № 26&2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usulidan so‘ng bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usulini qo‘llash amaliyotdan keyingi davrda bemorlarni aktivlanish davrida ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratib, sog‘lom hayotga ishonch bilan erta qaytishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usuli operativ davo bilan birga jarrohlik amaliyotini sifatli amalga oshirish imkonini berdi, bemorlarni erta sog‘lomlashtirish va nogironlik hissasini kamaytirish hisobiga statsionar davo kunlarini qisqarishiga xizmat qildi, har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: bolalar serebral falajida kam invaziv xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usulini amaliyotdan keyingi davrda qo‘llash bemorlarni og‘riqsiz, qo‘shimcha qulayliklar bilan sog‘lomlashtirish muolajalarini olishlariga, bemorlarni doimiy va sog‘lom hayotga ishonch bilan erta qaytishlariga zamin yaratdi.