Boboeva Feruza Azimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1024.
Ilmiy rahbar: Ostanov Shuxrat Sharipovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Baxronova Komila Yadgorovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda qadriyatlar tizimini shakllanishi faol ijtimoiy hayotda o‘zlikni angalash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini tengdoshlari orasidagi hissiy qo‘llab-quvvatlanish ehtiyojiga bog‘liq yutuqlarga yo‘naltirilganlik, ijodkorlik xususiyatlariga identiv rivojlanishi sababli shaxslararo munosabatlardagi o‘z “ijtimoiy Men”ini emotsional qadriyatlar asosida qabul qilishi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlarning kasbiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari sinf jamoasida ijtimoiy nufuzga, sog‘lom raqobatga intilish o‘quvchidagi “Men”ni “Biz”ga o‘zgarishiga ta’sir etib, o‘quvchining xulq-atvorining ijtimoiylashgan shaklda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli affilyativ ustanovkalarga asoslangan guruhni idrok qilish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlarning oilaviy, shaxsiy qadriyatlarni idrok etishiga yosh xususiyatlarini ta’siriga ko‘ra muloqot, faoliyatga oid qarashlarning shaxsni o‘zini va boshqalarni qabul qilish darajasiga bog‘liq rivojlanishiga asoslanib instrumental va terminal qadriyatlar ijtimoiy tasavvurlarning emotsional vektoriga identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan;
o‘smirlarda qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun terminal qadriyatlardagi kasbiy va shaxsiy hayotda o‘zini realizatsiyalashning instrumental qadriyatlar guruhidagi individual, konformistik va altruistik qarashlar bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi sababli, shaxs ijtimoiy tasavvurlariga refleksiv mexanizmlar asosida ta’sir etish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘smirlarda qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari”ni o‘rganish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda qadriyatlar tizimini shakllanishi faol ijtimoiy hayotda o‘zlikni angalash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini tengdoshlari orasidagi hissiy qo‘llab-quvvatlanish ehtiyojiga bog‘liq yutuqlarga yo‘naltirilganlik, ijodkorlik xususiyatlariga identiv rivojlanishi sababli shaxslararo munosabatlardagi o‘z “ijtimoiy Men”ini emotsional qadriyatlar asosida qabul qilishi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda qadriyatlarni namoyon bo‘lishidagi ustuvor omillar aniqlashtirilgan;
o‘smirlarning kasbiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari sinf jamoasida ijtimoiy nufuzga, sog‘lom raqobatga intilish o‘quvchidagi “Men”ni “Biz”ga o‘zgarishiga ta’sir etib, o‘quvchining xulq-atvorining ijtimoiylashgan shaklda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli affilyativ ustanovkalarga asoslangan guruhni idrok qilish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda qadriyatlarni namoyon bo‘lishidagi ijodiy faollikning o‘rni aniqlangan;
o‘smirlarning oilaviy, shaxsiy qadriyatlarni idrok etishiga yosh xususiyatlarini ta’siriga ko‘ra muloqot, faoliyatga oid qarashlarning shaxsni o‘zini va boshqalarni qabul qilish darajasiga bog‘liq rivojlanishiga asoslanib instrumental va terminal qadriyatlar ijtimoiy tasavvurlarning emotsional vektoriga identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda qadriyatlarni rivojlanishiga oilaviy qadriyatlarning ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun terminal qadriyatlardagi kasbiy va shaxsiy hayotda o‘zini realizatsiyalashning instrumental qadriyatlar guruhidagi individual, konformistik va altruistik qarashlar bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi sababli, shaxs ijtimoiy tasavvurlariga refleksiv mexanizmlar asosida ta’sir etish zarurligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19 avgustdagi PM-87-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda qadriyatlarni rivojlanishini ta’minlovich psixologik model va trening dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish