Isxakova Shahlo Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P992.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Axmadov Nazirjon Rahmatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlar boshqa millat, madaniyat vakillarining qadriyatlari, e’tiqodlarini tushungan holda ular bilan muloqot qilishning kasbiy, oilaviy, ijtimoiy qadriyatlariga bog‘liqligi tufayli madaniy assimilyasiya ta’sirida etnik identifikatsiyaning o‘zgarishiga bog‘liq shakllanishi dalillangan;
o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlarning “an’anaviy”, “zamonaviy”, “dinamik rivojlanayotgan” qadriyatlar ta’sirida shakllanishi madaniy identifikatsiyaning shaxs ijtimoiy rollariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib, akkulturatsiya orqali madaniyatlararo empatiyani kuchli ifodalanishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllanishi shaxslararo munosabatlardagi moslashuvchanlik hamda ijtimoiy rollarni idrok etish etnik, madaniy identifikatsiya sotsial tolerantlik, millatlararo muloqot ko‘nikmasi tolerantlik sifati bilan identiv namoyon bo‘lishishga asoslanib, shaxs tolerantlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlarning kross-madaniy tasavvurlarini shakllantirishda shaxsdagi etnik identifikatsiyaning vertikal (ota-ona bilan), gorizantal (tengdoshlar bilan) va bilvosita (ijtimoiy institutlar) tranmissiya orqali milliy dahldorlik, tolerantlik sifatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishi zarurligiga asoslanib, ijtimoiy moslashuvchanlikning madaniyatlararo muloqotda lokus nazoratga bog‘liq rivojlanishini ta’minlash muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” oʻrganish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlar boshqa millat, madaniyat vakillarining qadriyatlari, e’tiqodlarini tushungan holda ular bilan muloqot qilishning kasbiy, oilaviy, ijtimoiy qadriyatlariga bog‘liqligi tufayli madaniy assimilyasiya ta’sirida etnik identifikatsiyaning o‘zgarishiga bog‘liq shakllanishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-noyabrdagi PM-219-son buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 8-noyabrdagi PM-219-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi differensial omillar aniqlashtirilgan.
o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlarning “an’anaviy”, “zamonaviy”, “dinamik rivojlanayotgan” qadriyatlar ta’sirida shakllanishi madaniy identifikatsiyaning shaxs ijtimoiy rollariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib, akkulturatsiya orqali madaniyatlararo empatiyani kuchli ifodalanishiga olib kelishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-noyabrdagi PM-219-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 8-noyabrdagi PM-219-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi kross-madaniy tasavvurlarining shakllanishiga turistik manzilgohlarning ta’siriga oid psixologik jihatlar aniqlashtirilgan.
o‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllanishi shaxslararo munosabatlardagi moslashuvchanlik hamda ijtimoiy rollarni idrok etish etnik, madaniy identifikatsiya sotsial tolerantlik, millatlararo muloqot ko‘nikmasi tolerantlik sifati bilan identiv namoyon bo‘lishishga asoslanib, shaxs tolerantlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-noyabrdagi PM-219-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 8-noyabrdagi PM-219-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar kross-madaniy tasavvurlarini shakllanishining tolerantlik indeksiga bog‘liqlik jihatlari ochib berilgan.
o‘smirlarning kross-madaniy tasavvurlarini shakllantirishda shaxsdagi etnik identifikatsiyaning vertikal (ota-ona bilan), gorizantal (tengdoshlar bilan) va bilvosita (ijtimoiy institutlar) tranmissiya orqali milliy dahldorlik, tolerantlik sifatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishi zarurligiga asoslanib, ijtimoiy moslashuvchanlikning madaniyatlararo muloqotda lokus nazoratga bog‘liq rivojlanishini ta’minlash muhimligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-noyabrdagi PM-219-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 8-noyabrdagi PM-219-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda kross-madaniy tasavvurlarni shakllantirish modeli ishlab chiqilgan.