Ashrapov Nodirbek Namoz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P814.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Mo‘ydinov Tursunboy Fazliddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlik davrida mantiqiy fikrlashni nazariy tafakkur bilan bog‘liq rivojlanishi shaxsdagi motivatsion xususiyatlar, tasavvurlar olamining kengligi didaktik topshiriqlarni bajarishda eksperimental mushohada yuritishga, metakognitiv, kreativ jarayonlar, ilmiy dunyoqarash ta’limiy kauzuslarga ratsional echimlarni topishga undashi tufayli o‘quvchilarning diqqat fokusini amaliy natijalarga yo‘nalganligi bilan bog‘liq pragmatik faoliyat uslubida aks etishi isbotlangan;
o‘spirinlarning kognitiv tizimini rivojlantirishda axborotlarni egallash, to‘plash, qayta ishlash va foydalanish jarayonidagi idrok qilish, eslab qolish, fikr yuritishning individual variatsiyasiga muvofiq intellektual faoliyat uslubini tipologik xususiyatlar bilan shartlanganligiga ko‘ra shaxsdagi tafakkurning realistik va idealistik tipini o‘zaro fikrlar intereorizatsiyasi-ekstreorizatsiyasi orqali bog‘lanishi muhim psixologik xususiyat ekanligi asoslangan; 
o‘spirinlarning kognitiv tizimini intellektual faollikka ta’siri natijasida o‘quvchining individual xususiyatlari, ijtimoiy tajribasi, tanqidiy tafakkuri va o‘zini-o‘zi tahlil qilish qobiliyatining shakllanganlik darajasiga asoslanib metakognitiv omillarni intuitiv sezgirlik orqali ratsional fikrlanishini faollashtirishi isbotlangan;
o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirish uchun didaktik jarayonda shaxsning motivatsion, metakognitiv xususiyatlari, tasavvur, ilmiy dunyoqarashining ustuvorligini ta’minlash muhimligi tufayli divergent fikrlashni assotsiativ xotira va vizual idrok asosida shakllantirishga erishish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. “O‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘spirinlik davrida mantiqiy fikrlashni nazariy tafakkur bilan bog‘liq rivojlanishi shaxsdagi motivatsion xususiyatlar, tasavvurlar olamining kengligi didaktik topshiriqlarni bajarishda eksperimental mushohada yuritishga, metokognitiv, kreativ jarayonlar, ilmiy dunyoqarash ta’limiy kauzuslarga ratsional echimlarni topishga undashi tufayli o‘quvchilarning diqqat fokusini amaliy natijalarga yo‘nalganligi bilan bog‘liq pragmatik faoliyat uslubida aks etishi isbotlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-281a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarning kognitiv tizimini rivojlantirishda axborotlarni egallash, to‘plash, qayta ishlash va foydalanish jarayonidagi idrok qilish, eslab qolish, fikr yuritishning individual variatsiyasiga muvofiq intellektual faoliyat uslubini tipologik xususiyatlar bilan shartlanganligiga ko‘ra shaxsdagi tafakkurning realistik va idealistik tipini o‘zaro fikrlar intereorizatsiyasi-ekstreorizatsiyasi orqali bog‘lanishi muhim psixologik xususiyat ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-281a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishning tafakkur uslubiga bog‘liq jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarning kognitiv tizimini intellektual faollikka ta’siri natijasida o‘quvchining individual xususiyatlari, ijtimoiy tajribasi, tanqidiy tafakkuri va o‘zini-o‘zi tahlil qilish qobiliyatining shakllanganlik darajasiga asoslanib metokognitiv omillarni intuitiv sezgirlik orqali ratsional qaror qabul qilish uslubini faollashtirishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-281a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlanishining psixologik determinantlari ochib berilgan; 
o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirish uchun didaktik jarayonda shaxsning motivatsion, metakognitiv xususiyatlari, tasavvur, ilmiy dunyoqarashining ustuvorligini ta’minlash muhimligi tufayli  divergent fikrlashni assotsiativ xotira va vizual idrok asosida shakllantirishga erishish zarurati dalillanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-281a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kognitiv tizimini rivojlantirishga va takomillashtirishga mo‘ljallangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish