Mirzaev Sherzodbek Eshbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgichli metall oksidlari asosida nanotuzilishli materiallar olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K254.
Ilmiy rahbar: Nasimov Abdullo Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Dilnoza Salamovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Alimnazarov Bekmurod Xurramovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy dioksidi va yarimo‘tkazgichli metall oksidlar asosida nanotuzilishli materiallarni zol-gel usulida sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zol-gel usulida nanotuzilishli ZnO-SiO2 va CuO-SiO2 membranasiga BCP va BSQE bo‘yoqlarini immobillash asosida spin qoplash usuli orqali optik va fotoaktiv materiallar sintez qilingan;
organik bo‘yoq bilan immobillangan aralash oksidli nanokompozitlar asosida hosil qilingan optik materiallar ichida BCP@ZnO-SiO2 (ZnO 10%: SiO2 90 %) tarkibga ega materialning ammiak gaziga nisbatan optik faolligi va tanlovchanligi yuqori ekanligi aniqlangan;
ammiakning azot bilan aralashmasidan 590 nm yutilish sohasida ammiakni miqdoriy aniqlash imkonini beruvchi BCP@MeO-SiO2 kompozit qatlamli gaz sezgir material olingan;
BSQE@ZnO-SiO2 tarkibli material asosida hosil qilingan qatlamning fotosensibilizatorlik xususiyati AM1.5G simulyatoridan foydalanilganda 6,34% ni tashkil qilib, ZnO qatlamga nisbatan tayyorlangan nanokompozit qatlamning barqarorligi 3 oydan 6 oygacha saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yarimo‘tkazgichli metall oksidlar asosida nanotuzilishli optik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan nanotuzilishli materiallar gidrometallurgiya “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ da korxonalar ishchi atmosfera havosi va texnologik gazlar tarkibidagi ammiak miqdorini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/241-son ma’lumotnomasi). Natijada, atmosfera havosi va kimyoviy ishlab chiqarish ob’ektlaridan ajralib chiqayotgan gazlar tarkibidan ammiak gazini konsentratsiyasini nanokompozit materiallar yordamida yuqori tezlikda aniqlash imkonini bergan;
ZnO-SiO2 va CuO-SiO2 membranasiga BCP va BSQE bo‘yoqlarini immobillash asosida olingan nanotuzilishli materiallar “Elektrokimyozavod” qoʻshma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida gaz sensorlari sifatida amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024-yil 6-maydagi 91-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atmosfera havosi va kimyoviy ishlab chiqarish ob’ektlaridan ajralib chiqayotgan gazlar tarkibidagi oltingugurt (IV)-oksid konsentratsiyasini gaz sezgir materiallar yordamida aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish