Begimqulova Shahnoza Akbarjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Li-Mn shpinellari asosida nanotuzilishli sorbsion materiallarning zol-gel sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K770.
Ilmiy rahbarlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nasimov Abdullo Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muqumova Gulvar Jumaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Bekchanov Davron Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zol-gel usuli orqali Mg2+ va Al3+ ionlari bilan modifikatsiyalangan Li-Mn shpinellari asosida nanotuzilishli sorbsion materiallarni sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy va Li+ ion uchun adsorbsion xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zol-gel usulida Mg2+ va Al3+ ionlari bilan modifikatsiyalangan Li-Mn shpinellari asosida nanotuzilishli yuqori sorbsiya sig‘imiga ega bo‘lgan sorbsion materiallar sintez qilingan;
sintez qilingan LiMn2O4, LiMgxMn(2-x)O4 va LiAlxMn(2-x)O4 shpinellari asosidagi sorbsion materiallarning fizik-kimyoviy xossalari va LiMg0.3Mn1.7O4 shpinel namunasi Li+ ionlariga nisbatan sorbsiya sig‘imi eng yuqori ekanligi aniqlangan;
LiMn2O4 va LiMg0.3Mn1.7O4 adsorbent namunalariga Li+ ioni uchun adsorbsiya izotermalari tadqiq qilingan, izotermalarning borishi olingan natijalar uchun Lengmyur modeliga mos kelishi aniqlangan;
LiMn2O4 va LiMg0.3Mn1.7O4 adsorbent namunalarida Li+ ionining adsorbsiya kinetikasi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga mos kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Li+ ioni sorbsiyasi Mg2+ va Al3+ bilan modifikatsiyalangan Li-Mn shpinellari asosida nanotuzilishli sorbsion materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan LiMn2O4, Li1.33Mn1.67O4, LiMgxMn(2-x)O4 va LiAlxMn(2-x)O4 tuzilishga shpinellar asosidagi adsorbentlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida oqava suvlar tarkibidan Li+ ionini ajratib olish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 6 noyabrdagi 23/01-01-07/687-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrometalurgiya korxonalarining oqava suvlari tarkibidan Li+ ionlarini 98% gacha adsorbsiya qilib ajratib olish imkonini bergan.
LiMg0.3Mn1.7O4 va LiAl0.3Mn1.7O4 tarkibga ega adsorbentlar “MOXSAR” MChJ qoʻshma korxonasi oqava suvlari tarkibidan Li+ ionlarini sorbsion ajratib olish uchun qo‘llanilgan (“MOXSAR” MChJ QK ning 2025 yil 17 apreldagi 17/04-2 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi Li+ ionlarini sorbsion ajratishda sorbsiya sig‘imi yuqori bo‘lgan mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan LiAl0.3Mn1.7O4 (60-62 mg/g) va LiMg0.3Mn1.7O4 (70-74 mg/g) tarkibli shpinellarni import o‘rnini bosuvchi sorbentlar sifatida qo‘llash imkonini bergan.