Yusupova Lola Azimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diollar asosida vinil efirlar olish texnologiyasi va ularning xossalari», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T179.

Ilmiy rahbar: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Raximova Latofat Sobirjonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen asosida atsetilendiollari, aromatik diol va ularning vinil efirlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

formalin, metiletilketon va atsetilen asosida butin-2-diol-1,4, 3,6-dimetiloktin-4-diol-3,6 olish katalizatorining texnologik jarayoni yaratilgan;

atmosfera bosimi sharotida atsetilen diollari va rezorsinni vinillash usullari ishlab chiqilgan;

butin-2-diol-1,4 va 3,6-dimetiloktin-4-diol-3,6 ni ikki komponentli MeON-DMSO va uch-komponentli CsF-MeOH-DMSO yuqori asosli sistemalarda atsetilen bilan vinillash isbotlangan;

butin-2-diol-1,4-vinil efiri sintezining kinetik parametrlari va olingan atsetilen diollari va vinil efirlarini fizik-kimyoviy xossalari, elektron tuzilishi, kvant-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;

butin-2-diol-1,4 va uning vinil efirlarini sintez qilish jarayonlari modellashtirilgan hamda matematik tenglamalari yaratilgan;

butin-2-diol-1,4 ni vinil efirlari asosida qishloq xo‘jaligi uchun paxtani bargini tukuvchi defoliantlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Diollar va ularning vinil efirlari asosida biologik faol birikmalar sintezi va qo‘llanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

butin-2-diol-1,4 monovinil efiri uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 23940504-01:2018). Natijada butin-2-diol-1,4 monovinil efirini ishlab chiqarish imkonini bergan;

butin-2-diol-1,4ning monovinil efiri paxta bargini tushirish uchun defoliant sifatida Buxoro, Samarqand va Navoi viloyat fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 18 yanvardagi 03/20-92-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtaning bargini tushirish vaqtini 30–40%ga, pishmagan ko‘saklarga ta’sirini 50%ga kamaytirish va hosildorligini 2–3% ga oshirish imkonini bergan;

butin-2-diol-1,4ning efirlarini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Elektrokimyozavod» QK AJning 2018 yil 12 apreldagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada butin-2-diol-1,4ning vinil efirlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish