Yuldasheva Diyora Erkinovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7592.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori O‘rinova Nilufar Muxammadovna; Qo‘qon davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professori Erkaboeva Nigora Shermatovna.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tamoyillari o‘quv jarayonidagi kreativ imkoniyat, shart-sharoit, ijtimoiy-ma’naviy va kommunikativ-innovatsion komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-komunikativ kompetentlikni takomillashtiruvchi texnologiya o‘quv jarayonidagi ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyat va masalalar, ilg‘or pedagogik usullar, sotsiologik metodlarni singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy- kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirishda pedagogik jarayonlarda ijtimoiy munosabatning yutuqlarga ustuvorlik berish qonuniyatlari va imkoniyatlar yaratuvchi metodlarga tayanish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlarini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan individual-ijodiy qo‘llash hamda bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlanganligining funksional va tizimli kasbiy ta’minoti interaktiv muhitda internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘laјak o‘qituvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish darajasini aniqlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tamoyillari o‘quv jarayonidagi kreativ imkoniyat, shart-sharoit, ijtimoiy-ma’naviy va kommunikativ-innovatsion komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilganiga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogika fanlari doirasidagi ijtimoiy dasturlar asosida intellektual faollikga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-komunikativ kompetentlikni takomillashtiruvchi texnologiya o‘quv jarayonidagi ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyat va masalalar, ilg‘or pedagogik usullar, sotsiologik metodlarni singdirish asosida takomillashtirilganiga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quv faoliyatidagi integrativ mavzulashtirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy- kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirishda pedagogik jarayonlarda ijtimoiy munosabatning yutuqlarga ustuvorlik berish qonuniyatlari va imkoniyatlar yaratuvchi metodlarga tayanish orqali takomillashtirilganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-avgustdagi
22-01-448/225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy dasturlar asosida intellektual faollikka erishilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlarini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan individual-ijodiy qo‘llash hamda bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlanganligining funksional va tizimli kasbiy ta’minoti interaktiv muhitda internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligini ta’minlash asosida takomillashtirilganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil
6-avgustdagi 22-01-448/225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida tahlil qilish, tanqidiy baholash, adaptatsiyalash, muammolarni echish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish o‘quv faoliyatidagi integrativ mavzulashtirishga erishilgan.