Xalimov Muxammad Paximberdievichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslari boshqaruvini takomillashtirish”,
13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4284
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna pedagogika fanlari doktori, professor, Nizamova Shoira Isamiddinovna pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslari boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish mazmuni kadrlar tanlab olishning shaffof tizimini yaratishda barcha lavozimlar bo‘yicha potensial nomzodlar rezervini tashkil etish, inklyuzivlik, kadrlarni ijtimoiy-psixologik portretini yaratish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini samarali boshqarish modeli maktab qadriyatlari bilan xodimlarni shaxsiy qarashlarini “qadriyatlar haftaligi”, “ilhomlantiruvchi uchrashuvlar” kabi tadbirlari asosida birlashtirish, kasbiy, kommunikatsiya, tashkiliy va strategik, jamoa munosabatlari, ma’lumotlar bilan ishlash, etik me’yorlarga amal qilish kompetensiyalarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini oshirishda inson resurslarini boshqarish pedagoglarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarini maktab strategiyasi hamda xodimlar maqsadlariga uyg‘unlashtirish asoslangan hamda inson va moddiy resurslarni o‘zgarishlarga funksional moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish samaradorligi kadrlarni tanlash, tayyorlashning ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillariga ko‘ra “xodimning muassasa madaniyatiga sodiqlik” darajasini davriy va loyihaviy jihatdan baholash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslari boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish mazmuni kadrlar tanlab olishning shaffof tizimini yaratishda barcha lavozimlar bo‘yicha potensial nomzodlar rezervini tashkil etish, inklyuzivlik, kadrlarni ijtimoiy-psixologik portretini yaratish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-33-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlarining pedagogik jamoani boshqarishga qaratilgan kompetensiyalari rivojlantirilgan hamda kadrlarni namunaviy ijtimoiy-psixologik portreti ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini samarali boshqarish modeli maktab qadriyatlari bilan xodimlarni shaxsiy qarashlarini “qadriyatlar haftaligi”, “ilhomlantiruvchi uchrashuvlar” kabi tadbirlari asosida birlashtirish, kasbiy, kommunikatsiya, tashkiliy va strategik, jamoa munosabatlari, ma’lumotlar bilan ishlash, etik me’yorlarga amal qilish kompetensiyalarini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi tizimida kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning mehnat huquqi yuzasidan savodxonligini oshirish loyihasi bo‘yicha 2022-2023 yillarda bajarilgan “HR” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-33-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlikka tayyorlash kurslarida “Inson resurslarini boshqarish” o‘quv moduli orqali tinglovchilarning inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari shakllantirilgan;
ta’lim sifatini oshirishda inson resurslarini boshqarish pedagoglarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarini maktab strategiyasi hamda xodimlar maqsadlariga uyg‘unlashtirish asoslangan hamda inson va moddiy resurslarni o‘zgarishlarga funksional moslashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar asosida 2023-yilda tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan Menejerlik o‘quv kursining namunaviy o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilgan hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-33-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv sohasi xodimlarining zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda kasbiy ko‘nikmasini rivojlantirish mezonlari ilmiy asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish samaradorligi kadrlarni tanlash, tayyorlashning ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillariga ko‘ra “xodimning muassasa madaniyatiga sodiqlik” darajasini davriy va loyihaviy jihatdan baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor lavozimiga nomzodlar hamda direktorlari uchun menejerlik o‘quv kurslarining mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-33-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.