Xudoyberdiev Eldor Uktamjonovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4286
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov Abdimalik Gapparovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Askarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Temirov Dilshod Sheralievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasi ta’limda muddatli harakatlar tizimi va pedagogik jamoa faoliyatini boshqarishning operatsion, funsional, strategik darajalarini maktabning jamiyat, ota-onalar va o‘quvchilar manfaatlariga uzoq muddatli ta’sirini ifodalovchi indikatoriga muofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmida missiyani shakllantirishda amaldagi SMART (aniq, o‘lchovli, erishish mumkin, faoliyatga mos, muddatli) mezonlari tarkibini “maktab qadriyatlari” va “inklyuzivlik” mezonlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llash taklifi asoslangan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish modeli maktab karerasini rivojlantirishga ta’limiy maqsadlar bilan xodimlar manfaatini mikrota’lim bosqichlarida axloqiy me’yorlar, insoniy qadriyatlar va ijtimoiy javobgarlik elementlarini kasbiy o‘sish yo‘nalishiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasining samaradorligi boshqaruv va ta’lim sifatini “ijtimoiy-qiymat” ko‘rsatkichlariga moslashtirishda o‘quvchilar, ota-onalar, pedagoglarning fikri va tajribalari bilan bog‘liq maktab qadriyatlariga mos ravishda “ko‘ngillilar” (volontyorlik) jamoasini shakllantirish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasi ta’limda muddatli harakatlar tizimi va pedagogik jamoa faoliyatini boshqarishning operatsion, funsional, strategik darajalarini maktabning jamiyat, ota-onalar va o‘quvchilar manfaatlariga uzoq muddatli ta’sirini ifodalovchi indikatoriga muofiqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktab tizimidagi pedagog va rahbar xodimlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha TTT/2021-12 raqamli “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish 2022” amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 0333-449-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini uzliksiz kasbiy rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmida missiyani shakllantirishda amaldagi SMART (aniq, o‘lchovli, erishish mumkin, faoliyatga mos, muddatli) mezonlari tarkibini “maktab qadriyatlari” va “inklyuzivlik” mezonlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llash taklifini asoslashga oid takliflar “Ta’limda liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish (umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari va o‘qituvchilari uchun)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Menejerlik o‘quv kurslari” o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 0333-449-son ma’lumotnomasi). Natijada,  kurs tinglovchilarining umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish modeli maktab karerasini rivojlantirishga ta’limiy maqsadlar bilan xodimlar manfaatini mikrota’lim bosqichlarida axloqiy me’yorlar, insoniy qadriyatlar va ijtimoiy javobgarlik elementlarini kasbiy o‘sish yo‘nalishiga moslashtirish asosida takomillashtish bo‘yicha takliflardan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik kurslari namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 0333-449-son ma’lumotnomasi). Natijada, menejerlik o‘quv kurslarilari mazmuni va o‘quv-metodik ta’minotining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasining samaradorligi boshqaruv va ta’lim sifatini “ijtimoiy-qiymat” ko‘rsatkichlariga moslashtirishda o‘quvchilar, ota-onalar, pedagoglarning fikri va tajribalari bilan bog‘liq maktab qadriyatlariga mos ravishda “ko‘ngillilar” (volontyorlik) jamoasini shakllantirish orqali aniqlashtirish bo‘yicha takliflar “Ta’limda liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish (umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari va o‘qituvchilari uchun)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 0333-449-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarishning amaliy ahamiyati ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish