Nematova Nargizaxon Muxtor qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (Ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tili fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped.4521
Ilmiy rahbar: Negmatova Aropat Muxtorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarova Nasiba Adxamjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tili fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim talabalariga animatsion yondashuv asosida rus tili fanini o‘qitishning pedagogik mazmuni o‘quv-ta’lim jarayonida o‘qituvchini animatsion kontentni loyihalovchi moderator sifatidagi faoliyatiga ta’lim oluvchilarning muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish tizimini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tili fanini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari animatsion darslar strukturasiga rus tili materiallaridan talaffuzni intensiv rivojlantirishga xizmat qiluvchi animatsion-lingvistik komponentlarini vizual va dinamik taqdimot konteksti bilan o‘zaro korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
animatsion yondashuv asosida rus tilini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari talaffuzni shakllantiruvchi artikulyasiya jarayonini ko‘rsatuvchi animatsion mashqlar to‘plamiga tilni o‘qitishda ko‘pkanalli idrokni faollashtiruvchi vizual-audio materiallarni animatsion-lingvistik model talablariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tilini o‘qitish metodikasi ta’lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ko‘pkanalli idrokni (ko‘ruv, eshituv, kinestetik) birlashtirishga qaratilgan jonli animatsiyalar, ovozli vizualizatsiyalar va interaktiv topshiriqlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tilini o‘qitishning metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim talabalariga animatsion yondashuv asosida rus tili fanini o‘qitishning pedagogik mazmuni o‘quv-ta’lim jarayonida o‘qituvchini animatsion kontentni loyihalovchi moderator sifatidagi faoliyatiga ta’lim oluvchilarning muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish tizimini integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 391037 raqamli ruxsatnoma). Natijada talabalarda animatsion materiali yordamida ilmiy bilimlarini rivojlantirish va nutq, til va muloqot qobiliyatlari shakllantirishga erishilgan;
animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tili fanini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari animatsion darslar strukturasiga rus tili materiallaridan talaffuzni intensiv rivojlantirishga xizmat qiluvchi animatsion-lingvistik komponentlarini vizual va dinamik taqdimot konteksti bilan o‘zaro korreksiyalash asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiligidan 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 8-apreldagi 04/11-2774-sonli ma’lumotnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun predmetli (mavzuviy) mazmuni bo‘yicha rus tilidagi Web-Quest matnlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
animatsion yondashuv asosida rus tilini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari talaffuzni shakllantiruvchi artikulyasiya jarayonini ko‘rsatuvchi animatsion mashqlar to‘plamiga tilni o‘qitishda ko‘pkanalli idrokni faollashtiruvchi vizual-audio materiallarni animatsion-lingvistik model talablariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid yangiliklaridan 2020-2022 yillarga bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 5-apreldagi 04/11-2732-sonli ma’lumotnoma). Natijada animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tilini o‘qitishning metodikasi va texnologiyasi modeli takomillashtirilgan va amaliyotga tadbiq etilgan;
animatsion yondashuv asosida talabalarga rus tilini o‘qitish metodikasi ta’lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ko‘pkanalli idrokni (ko‘ruv, eshituv, kinestetik) birlashtirishga qaratilgan jonli animatsiyalar, ovozli vizualizatsiyalar va interaktiv topshiriqlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar uchun” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 12 dekabrdagi 04-36-1867-son ma’lumotnoma). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda animsion yondashuv asosida talabalarga rus tili fanini o‘qitish metodikasini takomillashuviga erishilgan.