Mexmonaliev Shodibek Navfal o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish texnologiyasi (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4796
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilyos Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor;
Izbullaeva Gulchexra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Husayn Voiz Koshifiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir pandnoma asarlari pedagogika fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari va tamoyillari bilan kontekstual aloqadorlikka ega ekanligi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish tuzilmasining Koshifiy tomonidan tavsiflangan ma’naviy-axloqiy sifatlar turkumi bilan bevosita uyg‘un ekanligi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘xshashlikni aniqlashga xizmat qiluvchi sinektika usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish modelining mazmunli komponentini pedagogik fasilitatsiyaning kongruentlik va ingibentlik tamoyillari validligini ta’minlash bilan bog‘liq to‘rt bosqichli dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini Koshifiy asarlarini o‘rganish jarayonida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari “OFIC texnologiyasi” va uning pedagogik jarayondagi samaradorligini tahlil qilish bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida;
Husayn Voiz Koshifiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir pandnoma asarlari pedagogika fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari va tamoyillari bilan kontekstual aloqadorlikka ega ekanligi aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik fikrlar taraqqiyoti” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 31-oktyabrdagi 525-sonli buyrug‘i, 342-525-08 raqamli nashr guvohnoma). Natijada, Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish modelining mazmunli komponentini pedagogik fasilitatsiyaning kongruentlik va ingibentlik tamoyillari validligini ta’minlash bilan bog‘liq to‘rt bosqichli dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik fikrlar taraqqiyoti” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 31-oktyabrdagi 525-sonli buyrug‘i, 342-525-08 raqamli nashr guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini Koshifiy asarlarini o‘rganish jarayonida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari “OFIC texnologiyasi” va uning pedagogik jarayondagi samaradorligini tahlil qilish bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik fikrlar taraqqiyoti” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 31-oktyabrdagi 525-sonli buyrug‘iga, 342-525-08 raqamli nashr guvohnoma). Natijada, Koshifiy asarlari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan.