Xakimov Murodbek Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fani misolida)», 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9501
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alibek Qodiralievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusalievna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida mobil texnologiyalardan foydalanish metodikasi va ilmiy–amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanishning psixologik (shaxsda axborotni idrok etish va qayta ishlash), talabalarni intelektual faolligiga doir didaktik xususiyatlari (shaxsga yo‘nalganlik, o‘quv-bilish faoliyatining boshqarish, hamkorlik, ijodkorlik) ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilish va pedagogik zaruriyat ekanligini aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini mobil texnologiyalardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishga doir funksional modelning metodik komponenti o‘quv harakatlari izchilligining (tayyorlov, loyihalash, amalga oshiruvchi, yakuniy) innovatsion dars tuzilmasi (adaptiv, amaliy, umumlashtirish, refleksiya) bilan qayta aloqasi intensivlash darajasiga muvofiq takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini mobil texnologiyani qo‘llashning metodik shartlari (uzviylik, bosqichma-bosqich amalga oshirish, yaxlitlik, natijaviylik) mujassam, yaxlit ijodiy tasavvurlarni rivojlantirish (mediani yaratish, ishlab chiqarish) mobil texnologiya (axborotni qabul qilish) rivojlantiruvchi natijador omil ekanligi asoslangan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanish jarayonining samaradorligini belgilash, ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtiruvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanishning psixologik, talabalarni intelektual faolligiga doir didaktik xususiyatlari ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilish va pedagogik zaruriyat ekanligini aniqlashtirishga doir tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-buyrug‘i asosidagi 388-49-son guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida talabalarni mobil qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va uslubiy ta’minlash modeli ishlab chiqish metodikasini nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish imkonini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini mobil texnologiyalardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishga doir funksional modelning metodik komponenti o‘quv harakatlari izchilligining innovatsion dars tuzilmasi bilan qayta aloqasi intensivlash darajasiga muvofiq takomillashtirishga doir tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan milliy o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 3-apreldagi 02/01-01-115-son ma’lumotnomasi). Natijada, mobil texnologiyalardan foydalanishning metodik ta’minoti asosida funksional modelini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini mobil texnologiyani qo‘llashning metodik shartlari mujassam, yaxlit ijodiy tasavvurlarni rivojlantirish mobil texnologiya rivojlantiruvchi natijador omil ekanligi asoslashga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida 2024-yil davomida bajarilgan №4/24-j-sonli “Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi multimediali dasturiy ta’minot yaratish” mavzusidagi amaliy loyihadagi belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2025-yil 16-apreldagi 403-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, mobil texnologiyalardan foydalanishning asosiy elementi sifatida axborot almashinuvi jarayonini prognozlash va inovatsion texnologiyalari hamda pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda mobil texnologiyalardan foydalanish jarayonining samaradorligini belgilash, ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtiruvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-buyrug‘i asosidagi 388-49-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mobil texnologiyalardan dars jarayonida foydalanish samaradorligini oshirishga hamda ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtirishga erishilgan.