Nasirov Davranbek Palvannazirovichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikning leksikografik talqini tamoyillari” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4879.
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.FIL.163.01. raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Ro‘ziev Yarash Bozorovich. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikning leksikografik talqini tamoyillarini aniqlash va o‘xshash va farqli tomonlarini  asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar (til taraqqiyoti omili, til tanqidining rivojlanishi, so‘zlarning konnotativ ma’nolari o‘zgarishi, o‘zlashma so‘zlarga munosabat omili va b.) tizimli ravishda sotsiolingvistik tahlil va lingvistik tavsiflash metodlari yordamida aniqlandi;
o‘zbek va nemis lug‘atshunosligida sotsiolingvistik variativlikka turlicha yondashilganlik, xususan, o‘zbek tilining izohli lug‘atida adabiy me’yorga moslikka tayangan holda asosan so‘zlashuv, badiiy va kasbiy nutqqa xos bo‘lgan variantlar, nemis tilining izohli lug‘atida esa jamiyat tabaqalanishi va sotsiolektlarni aks ettiruvchi lisoniy variantlar keng qamrovda qayd etilganligi chog‘ishtirma-tipologik tahlil asosida ochib berildi; 
o‘zbek tili lug‘atlarida asosan turli ijtimoiy qatlam va kasb egalarining nutqidagi (umumiy 8903 ta sotsiolingvistik variantlarning  34,68%) farqlar ko‘proq tavsiflanganligi, nemis tili lug‘atlari uchun dialektal (umumiy 72452 ta sotsiolingvistik variantning 49,24%) farqlarni aks ettirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi statistik ma’lumotlar yordamida dalillandi;
sotsiolingvistik variativlikning to‘laqonli leksikografik talqini maksimal inklyuzivlik, ijtimoiy va mintaqaviy stratifikatsiya, autentik fiksatsiya, semantik tenghuquqlilik, qo‘llanish shartlari va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillar bilan belgilanishi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
Dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” va “Adabiy jarayon” dasturlarining ssenariysida 2024-yil mart va noyabr oylaridagi sonlarida tadqiqotga tortilgan sotsiolingvistik variativlikning leksikografik talqin tamoyillarining tasnifi, xususan, o‘zbek va nemis tillari lug‘atlarining tahlili orqali sotsiolingvistik variativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar masalasiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10-dekabrdagi 04-36-1975-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tilning sotsiolingvistik variativligini o‘rganish, o‘zbek va nemis tillarida sosiolingvistik variativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar (til taraqqiyoti omili, til tanqidining rivojlanishi, so‘zlarning konnotativ ma’nolari o‘zgarishi, o‘zlashma so‘zlarga munosabat omili va b.) aniqlanganligi, o‘zbek va nemis lug‘atshunosligida sosiolingvistik variativlikka turlicha yondashilganlik, xususan, o‘zbek tilining izohli lug‘atida adabiy me’yorga moslikka tayangan holda asosan so‘zlashuv, badiiy va kasbiy nutqqa xos bo‘lgan variantlar, nemis tilining izohli lug‘atida esa jamiyat tabaqalanishi va sosiolektlarni aks ettiruvchi lisoniy variantlar keng qamrovda qayd etilganligi kabi masalalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Sh. Ruzikulov rahbarligida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion tadqiqot loyihasida o‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar (til taraqqiyoti omili, til tanqidining rivojlanishi, so‘zlarning konnotativ ma’nolari o‘zgarishi, o‘zlashma so‘zlarga munosabat omili va b.), o‘zbek va nemis lug‘atshunosligida sotsiolingvistik variativlikka turlicha yondashilganlik, xususan, o‘zbek tilining izohli lug‘atida adabiy me’yorga moslikka tayangan holda asosan so‘zlashuv, badiiy va kasbiy nutqqa xos bo‘lgan variantlar, nemis tilining izohli lug‘atida esa jamiyat tabaqalanishi va sotsiolektlarni aks ettiruvchi lisoniy variantlar keng qamrovda qayd etilganligi, o‘zbek tili lug‘atlarida asosan turli ijtimoiy qatlam va kasb egalarining nutqidagi  (umumiy 8903 ta sotsiolingvistik variantlarning  34,68%) farqlar ko‘proq tavsiflanganligi, nemis tili lug‘atlari uchun dialektal (umumiy 72452 ta sotsiolingvistik variantning 49,24%) farqlarni aks ettirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi, sotsiolingvistik variativlikning to‘laqonli leksikografik talqini maksimal inklyuzivlik, ijtimoiy va mintaqaviy stratifikatsiya, autentik fiksatsiya, semantik tenghuquqlilik, qo‘llanish shartlari va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillar bilan belgilanishi borasida olingan natijalaridan foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 2732/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha bo‘yicha tayyorlangan virtual resurslar mazmunini boyitish imkonini bergan.
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2022/2023-yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 raqamli Erasmus+ mobility program loyihasi doirasida tadqiqotchi Nasirov Davranbek Palvannaziroviching “O‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikning leksikografik talqini tamoyillari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ilmiy natijalaridan foydalanildi. (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 9-yanvardagi 47-03-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot loyihasi doirasida o‘zbek tilining izohli lug‘atida adabiy me’yorga moslikka tayangan holda asosan so‘zlashuv, badiiy va kasbiy nutqqa xos bo‘lgan variantlar, turli ijtimoiy qatlam va kasb egalarining nutqidagi farqlar  (umumiy 8903 ta sotsiolingvistik variantlarning  34,68%) ko‘proq tavsiflanganligi, nemis tilining izohli lug‘atida esa jamiyat tabaqalanishi va sotsiolektlarni aks ettiruvchi lisoniy variantlar keng qamrovda qayd etilganligi, dialektal (umumiy 72452 ta sotsiolingvistik variantning 49,24%) farqlarni aks ettirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi, sotsiolingvistik variativlikning to‘laqonli leksikografik talqini maksimal inklyuzivlik, ijtimoiy va mintaqaviy stratifikatsiya, autentik fiksatsiya, semantik tenghuquqlilik, qo‘llanish shartlari va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillar bilan belgilanishi borasida olingan natijalaridan foydalanilgan. Natijada loyiha bo‘yicha tayyorlangan resurslar mazmuni boyitilgan.
“German-Usbekische GESellschaft e.V.” jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Bonn shahar meriyasi bilan birgalikda Germaniyaning Bonn va boshqa shaharlarida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda tadqiqotchi Nasirov Davranbek Palvannazirovichning “O‘zbek va nemis tillarida sotsiolingvistik variativlikning leksikografik talqini tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining xulosa va tavsiyalaridan foydalanilgan. (“German-Usbekische GESellschaft e.V.” jamiyatining 2024-yil 24-noyabrdagi ma’lumotnomasi). O‘zbek va nemis lug‘atshunosligida sotsiolingvistik variativlikka turlicha yondashilganlik, turli ijtimoiy qatlamlar va kasb egalarining nutqidagi farqlar, dialektal farqlar, sotsiolingvistik o‘zgaruvchanlikning to‘liq leksikografik talqini kabi tamoyillar bilan belgilanadi. Sotsiolingvistik variativlikning to‘laqonli leksikografik talqini maksimal inklyuzivlik, ijtimoiy va mintaqaviy stratifikatsiya, autentik fiksatsiya, semantik tenghuquqlilik, qo‘llanish shartlari va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillar bilan belgilanishi borasida olingan natijalar mazkur madaniy va ma’rifiy dasturlarning mazmunini boyitishga xizmat qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish