Yusupov Baxriddin Bobonazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo havzasi tog‘ va tog‘oldi landshaftlarida ekologik turizmni rivojlantirish istiqbollari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr313.
Ilmiy rahbar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziboeva Ozodaxon Mahmudovna, geografiya fanlari doktori, professor; Nazarov Maqsud Geldiyarovich, geografiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo havzasi tog‘ va tog‘oldi landshaftlarini ekoturistik imkoniyatlari va istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havzaning ekoturistik imkoniyatlari (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) aniqlangan va istiqbolda ekoturizmni rivojlantirish uchun «Qashqadaryo havzasi tog‘ va tog‘oldi hududlarining ekoturistik rayonlari va ularga uyshtiriladigan marshrutlari» kartalari yaratilgan;
daryo va soy havzalarining geografik imkoniyatlari hamda turistik bosimni ko‘tarish qobiliyatlarini aniqlash asosida ulardan ekoturistik ob’ekt sifatida foydalanish yo‘nalishlari asoslangan;
havzada o‘tkazilgan dala tadqiqotlari hamda masofadan zondlash ma’lumotlarining kompleks tahlili asosida yangi ekoturistik marshrutlar taklif etilgan va ekoturizmni kompleks olib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
havza tog‘ va tog‘oldi hududlarining ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida mehmon uylari qurish) yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo havzasi tog‘ va tog‘oldi landshaftlarida ekoturizmning rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari boʻyicha olingan natijalar asosida:
tog‘ va tog‘oldi landshaftlarining ekoturistik imkoniyatlarini (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) aniqlash va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 03-12-17-6679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, havzaga keladigan ekoturistlar sonini oshirish imkoniyati yaratilgan;
istiqbolda ekoturizmni rivojlantirish uchun yaratilgan turli masshtablardagi kartalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 03-12-17-6679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekoturistlarni yangi ob’ektlar bilan tanishtirish imkonini kengaytirishga zamin yaratilgan;
tabiiy muhofaza etiladigan hududlardagi ekoturizm ob’ektlari va ulardan ekoturistik maqsadlarda foydalanish bo‘yicha baholashlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 03-12-17-6679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muhofaza etiladigan hududlarda ekoturizm maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini yanada aniqlashtirish imkonini bergan;
daryolar va soylar havzalaridan ekoturizmni noyob ob’ekti sifatida foydalanish yo‘nalishlarini asoslash ishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 03-12-17-6679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekoturistik ob’ektlardan samarali foydalanish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish tartiblarini takomillashtirish imkonini bergan; 
tog‘ va tog‘oldi landshaftlarida ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 03-12-17-6679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ekoturizm yo‘nalishlari va marshrutlarini tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish hamda yangi marshrutlarni aniqlashtirish imkoniyati yuzaga kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish