Tursunova Shaxodat Abdujaborovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekin maydonlar tuproq suvo‘tlari florasi va ularning meliorativ holat bilan bog‘liq o‘zgarishi», 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B544.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori; Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati ekin maydonlari va bog‘lar tuproq suvo‘tlari hamda ularning meliorativ holati bilan bog‘liq o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyati ekin maydonlari (beda, bug‘doy, g‘o‘za, qo‘riq er) va bog‘ maydonlari (olmazor va uzumzor) tuproqlaridan algofloraning 194 tur va tur xillari (9 sinf, 10 tartib, 27 oila 64 turkum) yetakchi sinflar va oilalarning taksonomik tahlili aniqlanib, turlarning zamonaviy ro‘yxati tuzilgan;
algoflora tarkibining alohida ekin maydonlari bo‘yicha tahlili asosida g‘o‘za maydoni algoflorasi yetakchilik qilishi, shuningdek, qo‘riq erlarda algoflora turlar soni bo‘yicha eng kam ko‘rsatkichda ekanligi asoslangan;
tadqiqot hududlarining o‘ziga xos bo‘lgan ya’ni faqat uzumzor bog‘lar tuproqlaridan Chlormidium dissectum, Tribonema elegans va olmazor tuproqlaridan Nostoc commune f. sphaericum, bug‘doy dala tuproqlaridan Lyngbya amplivaginata turlari aniqlangan;
ilk bor algofloraning zax-sizot suvlari qochirilgan va qochirilmagan tuproqlardagi taksonomik tarkibi dinamikasi ochib berilgan hamda taqqoslash natijasida zax-sizot suv qochirilgan, yumshatilgan ekin maydonlari turlarga boyligi asoslangan;
ekin maydonlari va bog‘lar tuproq suvo‘tlarining tuproq profili bo‘ylab taqsimlanishiga meliorativ yumshatishning ta’siri baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati ekin maydonlari va bog‘lar tuproq suvo‘tlari florasi va ularning meliorativ holat bilan bog‘liq o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona viloyati ekin maydonlari va bog‘lardan aniqlangan 194 tur sianoprokariot va eukariot suvo‘tlarining zamonaviy ro‘yxati va algofloraning zax-sizot suvlari qochirilgan va qochirilmagan tuproqlardagi taksonomik tarkibi dinamikasi Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 03-03/3-2620-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi tuproq suvo‘tlarini ekin maydonlari tuprog‘iga ta’siri, qishloq xo‘jalik erlarini rekul`tivatsiyasi hamda tuproq ekologik holatini baholashda, ularning melioratsiya ta’sirida o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati ekin maydonlari bug‘doy, g‘o‘za va beda dalalari uzumzor va olmazor bog‘larining tuproqlaridan yig‘ilgan 75 ta algologik tuproq namunalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining Mikologiya va algologiya laboratoriyasi “Suvo‘tlar florasi” kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 19-iyuldagi 4/1255-1518-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyaning “O‘zbekiston tuproq suvo‘tlar florasi” fondini boyitgan va tuproq suvo‘tlari florasini inventarizatsiyalash va turlarning taksonomik ro‘yxati elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish