Maraimova Umidaxon Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida o‘suvchi Roemeria hybrida, Roemeria refracta o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faol moddalari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K942.
Ilmiy rahbar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Abdurashid Musahonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida o‘suvchi R. hybrida va R. refracta kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
R. hybrida o‘simligining gul va tana qismlariga tegishli efir moylari GX-MS usuli yordamida sifat va miqdoriy jihatdan tahlil etilgan bo‘lib, natijada gul qismi ko‘p miqdorda monoterpenlar, tana qismi esa to‘yingan uglevodorodlar saqlashi birinchi marta isbotlangan;
R. hybrida o‘simligining er usti qismidagi spirtda eriydigan shakarlar, pektin va gemisellyulozaning miqdoriy tarkibi aniqlangan;
R. hybrida urug‘laridan Sokslet va ultratovushli ekstraksiya usullari yordamida lipidlar va yog‘ kislotalarining tarkibi aniqlangan hamda mazkur yog‘ kislotalari tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalarning boy manba ekanligi qiyosiy tahlil bilan asoslangan;
Ilk bor R. hybrida va R. refracta o‘simliklarining oqsil miqdori, aminokislota va flavonoid tarkibi aniqlangan;
R. hybrida o‘simligidan 3 ta, R. refracta o‘simligidan 2 ta alkaloid individual holda ajratib olingan, tuzilishlari zamonaviy spektral usullarda tasdiqlangan hamda 7 ta alkaloid tuzilishi xromotomass-spektrometriya usuli bilan identifikatsiya qilingan;
R. hybrida va R. refracta o‘simliklari alkaloidlar yig‘indisining mikroblarga qarshi samarali ta’siri va R. hybrida o‘simligi tarkibidagi makro-mikro- va toksik elementlarning miqdoriy qiymatlari aniqlangan;
Remerin, Anonain, Izoremerin alkaloidlari uchun PASS Online va SwissADME dasturlari yordamida ularning turli kasalliklarga nisbatan farmakologik potensiali aniqlangan hamda Gaussian‑09 ilovasi orqali kvant mexanikasiga asoslangan molekulyar tizimlarning energetik holati, molekulyar tuzilish parametrlari, vibratsion chastotalar va boshqa xossalari modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. R. hybrida va R. refracta o‘simliklarining kimyoviy birikmalari va biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy R. hybrida va R. refracta o‘simliklarini alkaloidlar saqlash dinamikasi natijalaridan O‘zRFA O‘simlik moddalari kimyosi institutida “O‘zbekiston florasi o‘simliklarining alkaloidlari asosida yuqori biologik faolliklarni namoyon qiluvchi samarali dori vositalarini qidirish” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FAning 2025 yil 5 maydagi 4/1225-1112-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu o‘simliklardan kelajakda dorivor obekt sifatida foydalanish imkonini bergan;
mahalliy R. refracta o‘simligidan ajratib olingan remeridin gidroxlorid Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasida amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zneftgaz” AJ  Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 10 iyundagi 523/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz sanoati metall konstruksiyalari va qurilmalarida ekspluatatsiya muddatini oshrish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish