Xayitov Jaxongir Xazratilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “2550 model koordinata parmalash dastgohini modernizatsiyalash va tadqiq qilish”, 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/T4893
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xusanov Yu.Yu., texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Shaxobutdinov R.E.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 2550 modelli koordinatali-parmalash dastgohini modernizatsiyalash va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koordinatali-parmalash dastgohining konstruksiyasi tashkil etuvchi qismlarning parma tezligining o‘zgarishida hosil bo‘ladigan urunma kuchlarning kattaligi asosida takomillashtirilgan;
raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlarning xatolarini qoplash metodikasi zagotovkalarni o‘rnatish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hatolik parametrlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
dastgohning korpus detallari va uzellarining matematik modeli detal materialining xossalari va kutilayotgan natijaning parametrlari tuzilgan tenglamalar asosida ishlab chiqilgan;
koordinatali-parmalash dastgohi qismlarining konstruksiyalarini modernizatsiyalash olinadigan detalga qo‘yiladigan geometrik parametrlar qiymatlari yordamida olingan geometrik ko‘rsatgichlar asosida ishlab chiqilgan;
modernizatsiya qilingan dastgoh birikmalarining harakatlanish vaqtidagi hatoliklarini RDB yordamida bartaraf etish uslubi harakat traektoriyasining uzunligini matematik qayta ishlash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2550 modelli koordinatali- parmalash dastgohini modernizatsiya qilish uchun texnik qarorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
koordinatali-parmalash dastgohining takomillashtirilgan konstruksiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy etilgan (NKMK AJning 2024 yil 19 noyabrdagi 23/01-01-01/715-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qlarni joylashtirish tezligini 25% ga oshgan;
RDB li dastgohlarning xatolarini qoplash metodikasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy etildi (NKMK AJning 2024 yil 19 noyabrdagi 23/01-01-01/715-son ma’lumotnomasi). Natijada, zagotovkani o‘rnatish va chiqarib olish vaqti 10-12% ga kamaygan;
dastgohning korpus detallari va uzellarining matematik modeli “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ da joriy etildi (NKMK AJning 2024 yil 19 noyabrdagi 23/01-01-01/715-son ma’lumotnomasi). Natijada dastgohning ish unumdorligi 8-10% ga oshgan.